• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektromobil bilan taqdirlanadi: O‘zbekistonda “Eng toza mahalla” tanlovini o‘tkazish tartibi e’lon qilindi

    O‘zbekistonda har yili “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlari o‘tkazilishi belgilangandi. Ushbu tanlovlarni o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Qaror loyihasi bilan ushbu tanlovlarni o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibi belgilanmoqda.

    Unga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024-yilning iyun oyidan boshlab sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilari, ekofaollar va jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining 100 nafarini har oyda bir marotaba velosiped va boshqa mukofotlar bilan taqdirlashni yo‘lga qo‘yadi.

    Tanlovlarni o‘tkazish va g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    “Eng toza mahalla” tanlovi

    Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod mahallalar har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga ariza topshirаdi.

    Arizalar bilan birga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom yoki 10 daqiqadan oshmagan videolavhali taqdimot materiali taqdim etiladi:

    • ijtimoiy obyektlardagi mavjud konteynerlar, ko‘chalarga o‘rnatilgan chiqindi qutilari soni;
    • chiqindilarni yig‘ish shoxobchalari soni va ularning holati;
    • ko‘rsatilgan sanitar tozalash xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomi (debitor qarzdorlik);
    • mahallada chiqindilarni to‘plash, saralash, olib chiqib ketish ishlari tashkil etilganligi hamda mahallani chiqindilardan holi hudud sifatidagi amalga oshirgan ishlari;
    • aholining ekologik tarbiyasi hamda ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari;
    • atrof-muhitni muhofaza qilishga oid jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari;
    • daraxt va butalarni parvarishlashda suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda sug‘orish ishlarini tashkil etganligi;
    • ekologik madaniyatni yuksaltirish, targ‘ibot va tashviqot tadbirlaridagi faol ishtiroki;
    • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasidagi tashabbusi;
    • chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi joriy etilgani;
    • yashil makon doirasida ekilgan daraxt va butalarning holati;
    • energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish darajasi.

    Tanlov har yili dekabr—yanvar oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

    • hududiy saralash bosqichi — dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
    • respublika final bosqichi — yanvar oyida hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari o‘rtasida respublika miqyosida.

    Respublika komissiyasi baholash natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan bittadan mahalla saralab oladi va g‘olib deb topadi.

    G‘olib bo‘lgan mahallalarning tegishli jamg‘armasiga chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxtlarni ekish uchun 500 million so‘mdan pul mablag‘i hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil topshiriladi.

    “Eng toza mahalla” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash 21-mart — Navro‘z bayrami arafasida amalga oshiriladi.

    “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi

    Tanlovda ishtirok etish uchun sanitar tozalash korxonalari chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari orasidan eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan ko‘pi bilan 3 nafar nomzod taqdim etiladi.

    Nomzodlar o‘z arizalari bilan birga quyidagilarni ham taqdim etadi:

    • nomzodning ma’lumotnomasi (obyektivka);
    • nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
    • nomzodning so‘nggi uch yil davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faoliyati, shuningdek, chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish, saralash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbuslari aks ettirilgan tavsifnoma;
    • nomzodning farzandi yoki nabirasining to‘lov kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotganligi haqida ma’lumotnoma va shartnomasi;
    • davlat oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan shaxsning nomzodga qarindoshligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

    Komissiya saralash natijalarini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqib, eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlarni ketma-ketlik tartibida saralaydi va saralash natijalarini 10-noyabrga qadar tasdiqlab, eng ko‘p ball to‘plagan 100 nomzodni g‘olib deb topadi. Ularni taqdirlash har yili 8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni arafasida vazirlik rahbariyati yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar tomonidan tantanali tarzda amalga oshiriladi.

    G‘olib bo‘lgan nomzodlarning davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontraktining bir yillik to‘liq summasi, biroq BHMning 30 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi to‘lab beriladi.

    Bunda, talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

    01.04.2024, 13:22   Izoh (0)   5651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

    29.03.2024, 12:10

    O‘zbekistondagi har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi

    29.03.2024, 13:08

    O‘zbekistonda qayta ishlanadigan foydali chiqindi aholidan sotib olinadi

    29.03.2024, 14:26

    Toshkentda metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qoldi

    01.04.2024, 12:53

    Toshkent shahri, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi

    01.04.2024, 12:35

    O‘zbekistonda hafta o‘rtalarida harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

    01.04.2024, 12:24
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.