O‘zbekistonda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida belgilandi.
Har bir viloyatda ikkitadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.
Bunda, tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shug‘ullanadi va shunga yarasha haq oladi.
Prezident yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan o‘tkazib, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etdi.
Izoh (0)