• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    600 nafar isroillik sobiq amaldor Trampdan G‘azo urushini to‘xtatishda yordam so‘radi

    Isroilning xavfsizlik sohasida faoliyat yuritgan 600 ga yaqin sobiq amaldori, jumladan Mossad va Shin Bet tashkilotlari, armiya hamda diplomatik korpusning sobiq rahbarlari AQSH prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, G‘azodagi urushni to‘xtatish uchun Isroil hukumatiga bosim o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Ushbu murojaat G‘azoda urush to‘xtamayotgani, sulh bo‘yicha bilvosita muzokaralar to‘xtab qolgani va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy harakatlarni kengaytirishga urinayotgani fonida e’lon qilindi.

    “Muhim strategik maqsadlar allaqachon amalga oshirildi, HAMAS endilikda Isroil uchun strategik tahdid emas. Isroilliklarning katta qismida sizga nisbatan ishonch mavjud, bu esa Netanyaxuni urushni tugatishga undashingizda muhim omil bo‘lishi mumkin. G‘azodagi urushni to‘xtating. Oldin bunday ish Livanda ham qilingandi. Endi navbat G‘azoga”, deyiladi murojaatda.

    Murojaatchilar orasida sobiq amaldorlar, jumladan bosh vazir Ehud Barak, mudofaa vaziri Moshe Ya’alon, Mossad tashkiloti rahbari Tamir Pardo va Shin Bet rahbari Ami Ayalon bor. Xususan, Ayalon murojaatda shunday degan:

    “Bu avval adolatli urush edi. Barcha harbiy maqsadlar amalga oshirilgach, urush o‘z ma’nosini yo‘qotdi”.

    Sobiq rasmiylarning Trampga murojaati garovdagi ikki isroillik harbiyning holsiz va ozib ketgan holdagi videosi e’lon qilinganidan so‘ng yuzaga kelgan. Bu tasvirlar Isroil va G‘arb yetakchilari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Biroq Netanyaxu garovdagilarni “HAMASning harbiy yo‘l bilan tor-mor etilishi” orqali ozod qilish niyatida ekanini bildirgan.

    Mossad (המוסד) – 1949-yilda asos solingan Isroil tashqi razvedka xizmati. Uning vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Isroildan tashqarida razvedka ishlari olib borish; terrorizmga qarshi kurash; dushman davlatlarda maxfiy operatsiyalar o‘tkazish; qochqin yahudiylarni olib kelish va yadro qurollari hamda harbiy tahdidlarni kuzatish.

    Shin Bet / Shabak (שב״כ) – 1949-yilda asos solingan Isroil ichki xavfsizlik xizmati. Uning vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Isroil ichidagi terrorchilikka qarshi kurash; kontrrazvedka (josuslikka qarshi kurash); G‘azo, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi xavfsizlikni ta’minlash; hukumat amaldorlarini himoya qilish hamda yashirin ekstremistik guruhlarga qarshi ish olib borish.

    Ma’lumot uchun, G‘azo sektoridagi urush 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMASning Isroil janubiga hujumi ortidan boshlangan. Yahudiy rasmiylariga ko‘ra, hodisa oqibatida Isroil tomonidan 1 200 kishi halok bo‘lgan, 251 kishi garovga olingan. HAMAS boshqaruvidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi urush boshlanganidan buyon bugungacha anklavda 60 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Hozirda, qamal oqibatida hududda ocharchilik avj olmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, 180 kishi, jumladan 93 nafar bola, yetarli oziq-ovqat yo‘qligidan yuzaga kelgan ocharchilik sabab vafot etgan. 

    4 avgust, 17:00   Izoh (0)   1930
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#isroil#sobiq amaldor#G‘azo#Tramp#Netanyaxu

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiy viloyatida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 19:53

    “Eterna” O‘zbekistonda: Kinopoisk qanday qilib mamlakat manzaralarini afsonaviy shahar-davlatga aylantirdi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 19:30

    Shirinlikdan voz kechmay oson ozish bo‘yicha diyetolog tavsiyalari

    Go‘zallik | 7 avgust, 19:43

    AQSH va Rossiya o‘rtasida yadroviy qurollarni tiyib turuvchi bitta bitim qoldi

    Dunyo | 7 avgust, 19:30

    Namanganda kvartirasini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 19:16

    France Football. “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

    Sport | 7 avgust, 19:09

    Aktyor Bred Pittning onasi 84 yoshida vafot etdi

    Shou-biznes | 7 avgust, 19:05

    AQSHda Rossiya manfaatlariga josuslik qilgan harbiy qo‘lga olindi

    Dunyo | 7 avgust, 19:00

    “Orol dengizi qisqarishi bir million kishi salomatligiga xavf solmoqda” — Aziz Abduhakimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 18:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.