• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev pedagogik mahorat milliy institutida yangilangan sharoitlar bilan tanishdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev 30-sentyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari prezidentning 2024-yil iyun oyidagi qarori bilan Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida tashkil etilgandi. Mavjud majmua kapital ta’mirlanib, ikkita qo‘shimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Tinglovchilar o‘rni ham, yo‘nalishlar ham ko‘paydi. Eng muhimi, malaka tizimi mazmunan boyidi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Institut bundan 90 yil oldin, 1934-yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadid bobolarimizning ilmga e’tibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy ta’limning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sun’iy intellekt yordamida ma’rifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor. Davlat rahbari ushbu muzey va kutubxonani ko‘zdan kechirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muassasada malaka oshirish va qayta tayyorlashning an’anaviy, muqobil hamda dual shakllari, shu jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘qitish joriy etilgan. Situatsion o‘quv xonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi pedagogik mahorat markazlari bilan videoaloqa orqali ulangan. Uzluksiz kasbiy ta’lim, menejerlik o‘quv kurslari, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini berish, maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish kabi dasturiy platformalar joriy etilgan. Bu hududlardagi direktor va o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya va uslublarga tezkor o‘qitish imkonini beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugungi kunda maktab direktori nafaqat tajribali pedagog, balki yaxshi boshqaruvchi, ma’lum ma’noda strateg ham bo‘lishi kerak. Institut o‘quv dasturida bunga katta e’tibor qaratilib, direktorlar maktabi tashkil etilgan.

    Inklyuziv ta’lim va psixolog xonalarida shu yo‘nalishda ishlaydigan defektolog va tarbiyachilar malakasi oshiriladi. Media studiyada videodarslar tasvirga olinadi. Shuningdek, institutda konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, oshxona va sharoitlar bor.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumki, bugun O‘zbekistonda aniq va tabiiy fanlarga alohida ahamiyat qaratilib, maktablar zamonaviy jihoz va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. Bu o‘qituvchilardan shunga moslashishni, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni talab qiladi. STEM laboratoriyasi pedagoglarni shu borada qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

    Zamonaviy ta’lim talabidan kelib chiqib, institutda o‘qish soatlari ko‘paytirildi. O‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy ta’mirlanib, o‘rinlar soni oshirildi.

    Prezident ushbu xonalarda bo‘lib, yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

    “Bu institut kutib o‘tiruvchi emas, targ‘ibotchi, yetakchi bo‘lishi kerak. Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlarni ko‘proq taklif etib, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur. Yangi zamon kishisi, kelajagimiz bunyodkorlari maktabda tarbiyalanadi. Ta’limsiz kelajak yo‘q”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Bu yerda dars beradigan o‘qituvchi va murabbiylarni xorijda o‘qitish, dunyodagi ilg‘or tajribalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    2024-yilning o‘tgan davrida institutda 4 ming 300 nafarga yaqin ta’lim muassasalari rahbarlari malaka oshirdi. Shuningdek, 2 ming nafarga yaqin direktor va direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida o‘qitildi. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali darslarda 113 ming nafardan ortiq pedagoglar qatnashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan 100 nafar maktab direktori, 200 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchisi qayta tayyorlandi. Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

    Umuman, mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog hamda mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2025-yildan boshlab ular besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshiradi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi. Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq qilinadi.

    30.09.2024, 16:25   Izoh (0)   19634
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men bu yangiliklarni o‘qituvchilar qanday qabul qilarkan deb tashvishlanyapman” — Shavkat Mirziyoyev

    31.12.2022, 23:01

    O‘zbekistonda ayrim toifa o‘qituvchilarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi

    23.02.2024, 11:10

    O‘zbekistonda 100 mingdan ziyod o‘qituvchilarning malakasi yangi metodikalar bo‘yicha oshiriladi  

    04.03.2024, 17:10

    O‘zbekistonda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida qancha o‘qituvchi ishlayotgani maʼlum qilindi

    12.03.2024, 21:35

    O‘zbekistondagi maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilar soni ochiqlandi 

    26.03.2024, 18:05

    O‘zbekistondagi maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ochiqlandi

    14.04.2024, 23:47

    O‘zbekistonda oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar oylik maoshi oshirilishi kutilmoqda

    19.06.2024, 14:43

    Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi 

    25.06.2024, 17:55

    O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘lishi mumkin 

    23.09.2024, 09:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    Kino | 14 iyun, 15:50

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.