O‘zbekistondagi maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni so‘nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2023/2024-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
- 2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
- 2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Maʼlumot uchun, 2023/2024-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Izoh (0)