QIDIRUV NATIJALARI: 85832

Isroilda 7-oktyabr voqealarini tekshirish Netanyaxu hukumatining qulashiga olib keladi — OAV Binyamin Netanyaxu davlat tergov komissiyasini tuzish chaqiriqlari kuchayib borayotganidan xavotirda Isroilda 7-oktyabr voqealarini tergov qilish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish talabi siyosiy bo‘lib, bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumati va hukmron partiyaning qulashiga olib keladi. Bu haqda bosh vazir devonidagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib, Ynet nashri xabar berdi. Foto: The Times of Israel Isroil ...
OAV: Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha sammitda ishtirok etmaydi Avvalroq Xitoy konferensiya kun tartibi Pekin talablaridan ajralib turishini aytib, mamlakatning sammitda ishtirok etishi dargumon ekanini ta’kidlagan edi Saudiya Arabistoni Shveysariyadagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda qirollikdagi diplomatik manbalarga tayanib, DPA nashri xabar berdi. Foto: president.gov.ua Hukumatning ushbu qaroriga 15—16-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Rossiyaning ishtirok ...
Shimoliy Koreya Seulga chiqindi sharlarini uchirishni to‘xtatmoqchi Avvalroq Janubiy Koreya harbiylari o‘z hududida axlat ortilgan havo sharlari topilgani haqida xabar bergan edi Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreyaga chegara orqali chiqindi sharlari uchirishni vaqtincha to‘xtatadi . Foto: Yonhap Biz qog‘oz chiqindisini chet elda tarqatish faoliyatini to‘xtatamiz, — deyiladi Koreya markaziy axborot agentligining rasmiy bayonotida. Pxenyan so‘nggi kunlarda Seul tomon yuborgan yuzlab sigaret qoldiqlari, ...
Xitoy “Gazprom”dan gazni Rossiyaning ichki narxlarida sotishni talab qildi — Financial Times Ikki davlat o‘rtasida narx siyosatidagi kelishmovchilik tufayli “Sibir kuchi 2” gaz quvurini qurish bo‘yicha kelishuv to‘xtab qoldi Xitoy “Sibir kuchi 2” quvuri orqali yetkazib beriladigan gaz uchun to‘lovni Rossiyadagi ichki narxlarga mos tarzda to‘lamoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib, Financial Times xabar berdi. Foto: Bloomberg Manbalarga ko‘ra, Xitoy yillik rejalashtirilgan 50 milliard kub metr gazning faqat ...
Hindistonda jazirama issiqdan o‘lganlar soni 50 kishidan oshdi Mart oyidan buyon 24,8 ming kishi issiqlik urishi belgilari bilan shifoxonalarga yotqizilgan Hindistonda so‘nggi uch oy ichida jazirama to‘lqinlar tufayli kamida 56 kishi vafot etdi. Bu haqda The Hindustan Times xabar berdi. Foto: Reuters Eng ko‘p o‘lim may oyida qayd etilgan, jumladan, 46 kishi vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha Hindistonning markaziy qismidagi Madxya-Pradesh shtati yuqori o‘rinni egallamoqda. Shtatda haroratning keskin ...
“Biz NATO hududining har bir santimetrini himoya qilamiz” — Shols Germaniya kansleri Rossiyaning alyansga tahdidini izohlar ekan, diplomatiya faqat kuchli pozitsiyada muvaffaqiyat qozonishini ta’kidladi Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa davlatlariga Rossiyadan kelayotgan tahdid davom etishini kutmoqda, deya Deutsche Welle xabar berdi . Foto: AP Ma’lum bo‘lishicha, Shols bu haqda Sharqiy Germaniya iqtisodiy forumida aytib, diplomatiya faqat kuchli pozitsiyada muvaffaqiyat qozonishini ta’kidlagan. ...
Rus tili imtihonidan o‘ta olmagan migrantlar soni 10 barobar oshdi — Rossiya ta’lim vazirligi Migrantlar ishlash yoki yashash uchun ruxsatnoma olish maqsadida rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirishi kerak Rossiyada yanvardan maygacha bo‘lgan davrda ishlash yoki yashash uchun ruxsatnoma olish maqsadida rus tili, tarix va Rossiyaning asosiy qonunchiligi bo‘yicha imtihonlardan o‘ta olmagan xorijliklar ulushi qariyb 10 barobar oshdi. Bu haqda mamlakat Ta’lim va fan vazirligiga ...
`