8-fevral kuni “Do‘stlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Telegram kanalida xabar berildi.

Husan Musaboyev “Ajoyib xayolparast”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Anora”, “Hayot-mamot”, “Men bu men”, “O‘g‘rigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.
Izoh (0)