• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Haydovchisi va qo‘riqchilari mayda bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamalgan”. Allamjonovga suiqasd ishiga aloqador yana bir sud tafsiloti

    2024-yilning 26-oktyabr kuni tunda sobiq amaldor Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgandi. Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, ichida Allamjonov bo‘lgan Range Rover Qibray tumanining Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan paytda ikki nafar noma’lum shaxs mashinaga o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, voqea joyidan yashiringan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 27-oktyabr kuni ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. 28-oktyabr kuni yana uch nafar, noyabr oyida esa 5 kishi qamoqqa olingan. 

    Mazkur voqealar fonida, aynan suiqasd sodir bo‘lgan kuni Allamjonovga xizmat qiluvchi 7 nafar fuqaro ham mayda bezorilikda ayblanib, imi-jimida sud qarori bilan 15 sutkaga qamalgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudi qarori, shuningdek, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzgan organ xodimlaridan norozi bo‘lgan 7 nafar fuqaro 15 sutka o‘tirib chiqqach, Oliy sudga kassatsiya tartibida shikoyat kiritgan. 2025-yilning 13-yanvar kuni Oliy sudda ana shu shikoyatchilar ishini ko‘rib chiqish boshlandi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Men 2024-yil 26-oktyabrda sodir bo‘lgan voqeada ayblanib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan yetti nafar fuqaroning manfaatlarini himoya qilyapman. Ular Komil Allamjonov yonida, u bilan birga ishlaydigan insonlar bo‘lgan. Xabaringiz bor, Allamjonovga 2024-yilning 25-oktyabrdan 26-oktyabrga o‘tar kechasi suiqasd qilingan edi. Ushbu yetti fuqaro ofitserlar va haydovchilar safiga kiradi. Ularning jinoyatda ishtirokini aniqlash maqsadida operativ guruh a’zolari chaqirib, so‘roq qilgan. Kun davomida ular tushuntirish bergan. Ammo kechga borib, barcha jarayonlar yakunlanganidan so‘ng, Qibray tuman IIB xodimlari ularga mayda bezorilik to‘g‘risidagi bayonnomalarni imzolashni taklif qilgan. Himoyam ostidagi 7 nafar fuqaro IIB xodimlarining bu talabini rad etib, bayonnomani imzolashdan bosh tortgani sababli xodimlar ularni tuman bo‘limiga olib ketgan. Ularga advokatlar taqdim qilinmagan, shuningdek, ular sudda ham eshitilmagan. Sudya shunchaki 15 sutkalik ma’muriy qamoqqa olish haqida qaror chiqargan. Bu qaror ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilish taklif qilindi, ammo 2024-yilning 3-noyabr kuniga qadar advokatlar sud qarori ustidan shikoyat qila olishmadi. Ularga bunga ruxsat berilmadi. Menga Komil Allamjonovning o‘zi ma’muriy huquqbuzarlik ishi bilan tanishishni taklif qilib, murojaat qilgach, ishni o‘rgandik. Ish bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng aslida ma’muriy huquqbuzarlik holati sodir bo‘lmagan, bu fuqarolar sud hujjatida aytilganidek, kafe oldida ichimliklar ichib yoki qandaydir bezorilik qilmagani ma’lum bo‘ldi. Profilaktika inspektori ham faqatgina yozuv asosida bayonnoma tuzgani oydinlashdi, deydi advokat Davron Saidov. 
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Advokatga ko‘ra, Toshkent viloyat sudi mayda bezorlikda ayblanib, 15 sutkaga qamalganlar bo‘yicha appelyatsiya shikoyatini ko‘rishni rad etgan. 

    Apellyatsiya shikoyati berilganidan so‘ng, sud ularning ishtirokisiz ishni ko‘rib chiqishni rad etdi. Ma’muriy javobgarlikka tortish uchun esa shaxsiy ishtirokni ta’minlash lozim edi. Sud ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ishtirokini ta’minlashi shart bo‘lgani uchun 15 sutkani to‘liq o‘tashdi. Shundan so‘ng men nazorat tartibida shikoyat tayyorladim va 2025-yil 13-yanvarda ishni ko‘rib chiqish boshlandi. Yettita fuqarodan olti nafari sudga keldi, bir nafari esa xabardor qilinmagan edi. Mening iltimosimga ko‘ra, ish 2025-yil 23-yanvargacha kechiktirildi, deydi aybsiz aybdor qilinganlarni himoya qilayotgan advokat.  

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davron Saidovning aytishicha, 13-yanvar kuni boshlangan sud majlisida u 7 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organni ham sudga chaqirishni iltimos qilgan.

    Umid qilamanki, bu ish sud tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatadigan misol bo‘ladi. Xususan, guvohlar bilan uchrashuvlar uchun advokatlarning erkinligi ta’minlanmayapti. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Himoya advokaturasiga bag‘ishlangan” maxsus bob kiritilgan. Bu konstitutsiyada bu bob borligi katta yutuq, lekin vaqti keldi, bu Konstitutsion me’yorlar amalda ishlashi kerak. Buning uchun advokatlarning o‘z himoyasida yuradiganlar bilan uchrashuvlariga to‘sqinlik qiluvchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish zarur. Advokatlar himoyasidagi shaxslar bilan uchrashuv imkoniyatiga ega emasligi sharoitida, biz bu ishda ko‘rganidek, turli adolatsizlik yuzaga kelmoqda, ya’ni sud jarayoni ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan normalarni buzish bilan o‘tkazildi. Ularning ma’muriy qamoqda saqlanishi milliy qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar pakti doirasidagi xalqaro majburiyatlariga zid edi. Fuqarolarimiz adolatli sudlov huquqidan mahrum bo‘ldi, deydi himoyachi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Advokatning OAV vakillari savoliga javob qaytarishicha, 7 nafar fuqaroning aybsiz aybdor qilinishi, shuningdek, sudlarda advokatlar bilan ta’minlanmasligi ishga aralashuvlar borligidan dalolat beradi. 

    Himoya uchun advokat taqdim etilmasligi ana shunday ta’sir bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks buzilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik maqsadi boshqa yo‘l bilan ta’minlanmagan. Buni qanday va kim qilgan? Biz bu bo‘yicha ham sudga murojaat qilamiz, deydi Davron Saidov.
    13 yanvar, 13:11   Izoh (0)   13607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#Allamjonov#suiqasd

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilgani aytilgan “zamdekan” ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, sudga yuborildi

    28.03.2022, 20:49

    Bosh prokuratura Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani ishi bo‘yicha protest kiritdi

    02.04.2023, 08:14

    Oliy sud Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar ishini qayta ko‘rib chiqishni ma’qulladi

    06.04.2023, 13:49

    Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan mansabdorlar ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi

    11.04.2023, 18:19

    Qibrayda Milliy gvardiya xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan holat bo‘yicha jinoyat ishi sudga kelib tushdi

    09.08.2023, 17:15

    “Daryo” dayjesti: 15-aprelning eng muhim xabarlari

    15.04.2024, 22:15

    “Daryo” dayjesti: 29-aprelning eng muhim xabarlari

    29.04.2024, 22:25

    “Daryo” dayjesti: 24-mayning eng muhim xabarlari

    24.05.2024, 22:15

    “Daryo” dayjesti: 17-iyulning eng muhim xabarlari

    17.07.2024, 23:30

    Deputatlik saylovining dastlabki natijalari, Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketishi, Qoraqalpog‘istonda is gazidan vafot etish holati: 28-oktyabrning eng

    28.10.2024, 22:45

    “O‘lim nafasini his qilgan yigit tiz cho‘kkancha jallodlarning poyabzalini o‘pdi” — Tojikistondagi fuqarolar urushi guvohlarining iztirobli hikoyasi

    10 yanvar, 11:00

    Toshkent viloyatida 4 yoshli qizini kaltaklab, o‘limiga sabab bo‘lgan ayol qamoqqa olindi

    9 yanvar, 18:57

    Telegram foydalanuvchilar ma’lumotlarini AQSHga ommaviy tarzda bera boshladi 

    9 yanvar, 19:19

    Komil Allamjonovga suiqasd ishi sudga oshirildi

    10 yanvar, 15:32

    Otib o‘ldirilgan, balkondan uloqtirilgan, mashina bosib ketgan: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlaridagi jurnalistlarga uyushtirilgan suiqasdlar

    10 yanvar, 16:27

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudyasi odobsizlik qilgani tekshiriladi

    10 yanvar, 17:43

    Chiqindixonada yotgan 700 million dollar: britaniyalik erkakka ichida bitkoin bo‘lgan diskini qazib olishga ruxsat berishmadi

    10 yanvar, 18:58

    Savollarni ko‘paytirgan sud: “Do‘stov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar

    11 yanvar, 15:50

    Janubiy Koreya prezidenti o‘z xavfsizligi uchun xavotirda — advokat

    12 yanvar, 20:10

    Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi

    12 yanvar, 20:58

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    12 yanvar, 23:02

    Oliy sud Allamjonovning 7 nafar xodimi ishini ko‘rib chiqadi 

    13 yanvar, 08:36
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.