Daryo

Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ikki nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba mashinaga o‘q uzib, noma’lum tomonga yashiringan

1 daqiqa o‘qish129 290 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 26-oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati izoh berdi.

Komil Allamjonov
Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Aytilishicha, 26-oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxs mashinaga o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashiringan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda, deyiladi prokuratura axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar