• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

    Markaziy bank boshqaruvi 13-iyundagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, may oyida umumiy inflyatsiya uy xo‘jaliklari uchun energiya resurslari narxlari oshirilishi hisobiga tezlashib, yillik 10,6 foizni tashkil etdi. Energiya narxlari ta’sirisiz inflyatsiya darajasi oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining sezilarli mavsumiy pasayishi hisobiga 6,8 foiz doirasida shakllandi.

    Umumiy inflyatsiyaga monetar omillar ta’siri kamayib borishi hisobiga bazaviy inflyatsiya dinamikasining pasayuvchi tendensiyasi davom etib, may oyida 6,3 foizga teng bo‘ldi. Xizmatlar bazaviy inflyatsiyasi yil boshidan biroz pasayib, yillik 8,8 foizni tashkil etdi.

    Inflyatsiyaning barqaror komponentlarida pasayuvchi tendensiyaning davom etishi bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi keng qamrovli tus olayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, iste’mol savatidagi 70 foizdan ortiq tovar va xizmatlarda narxlar o‘sishi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlarga nisbatan sekinlashgan.

    Aprel oyidagi energiya tariflari o‘zgarishi borasidagi muhokamalar hamda ayrim soliq imtiyozlarining bekor qilinishi ta’sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari oshib, mos ravishda 14,0 va 13,3 foizga teng bo‘ldi. May oyida aholi kutilmalari 14,0 foiz darajasida o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, tadbirkorlarning kutilmalari 12,7 foizgacha pasaydi. Tariflar o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’siri dastlab prognoz qilinganidan ko‘ra pastroq shakllanmoqda.

    “Bu, o‘z navbatida, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari va yil yakunida inflyatsiya darajasining asosiy ssenariy prognozlari doirasida bo‘lishiga xizmat qiladi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

    Markaziy bank asosiy stavkasi — inflyatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo‘lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha mo‘ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o‘zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.

    O‘zbekistonda 2023-yil 16-martda asosiy stavkani yillik 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi. Shundan buyon asosiy stavka o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.

    13.06.2024, 13:24   Izoh (0)   5133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat byudjeti taqchilligi keskin ortdi. Qaysi sohalarga katta xarajat qilinmoqda?

    31.05.2024, 15:11

    O‘zbekistonda inflyatsiya keskin ko‘tarildi. Qaysi tovar va xizmatlar narxi oshgani maʼlum qilindi

    02.06.2024, 14:51

    Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

    12.06.2024, 17:45

    “Sayyoramizda keskin ekologik vaziyat yuzaga keldi”. Shavkat Mirziyoyev Samarqand forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

    13.06.2024, 12:27

    “O‘zgidromet” 14-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    13.06.2024, 11:59

    O‘zbekistonda narkojinoyat sodir etgan yoshlar soni yildan yilga o‘sib borayotgani aytildi

    13.06.2024, 11:24
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24

    Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

    Dunyo | 25 may, 15:09

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.