• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi

    AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida salohiyatli kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni davlat xizmatiga samarali jalb etish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumot berildi.

    Foto: AOKA matbuot xizmati

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 2 ming 225 nafar stipendiatlar 45 ga yaqin davlatga o‘qishga yuborilib, byudjetdan jami 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Hozirgacha ularning 1 ming 400 nafari O‘zbekistonga qaytib, iqtisodiyot tarmoqlarida, taʼlim, fan, tibbiyot va davlat boshqaruvida ishlamoqda. Bugungi kunda 748 nafar stipendiatlar top-300 talikdagi nufuzli universitetlarda taʼlim olyapti.

    Xalqaro reytinglarda top-100 talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. Top-300 talikda bo‘lgan universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi. Top-20 talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.

    Foto: AOKA matbuot xizmati

    — Talabalarning xalqaro standartlarga mos keluvchi sharoitda ta’lim olishi, turli sohalarni rivojlantirishi bo‘yicha imkoniyat yaratilyapti. Shu nuqtayi nazardan, bundan buyon talabalarimizni faqat xorijga yuborish emas, nufuzli olim va professorlarni o‘zimizda dars berishi, fanni o‘qitishi uchun jalb qilish, ya’ni moliyaviy tomondan rag‘batlantirish bo‘yicha ham ishlar amalga oshiriladi. Talabalar qamrovi esa 20-50 ta bilan cheklanib qolmay, 200-300 nafargacha ko‘paytirish mumkin.

    Top-300 talikka kirgan universitetlar bizning oliygohlar bilan olib boradigan qo‘shma dasturlar, yangi kampuslarni ochish bo‘yicha jamg‘armasi prezident tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

    Natija bugun-erta bo‘lmasligi mumkin, ammo boshqaruv kengashlari tomonidan tartibi ishlab chiqiladi, murojaat etgan universitetlarning takliflari o‘rganib chiqiladi. Umid qilaman-ki, kamida kelasi yildan boshlaymiz, universitetlardan esa ishlab chiqilgan takliflarini kutib qolamiz, deydi “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova “Daryo”ga bergan intervyusida.

    Foto: AOKA matbuot xizmati

    — Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantiga tayyorlov kurslari kabi turli reklamalar tarqalgan. Jamg‘arma stipendiati bo‘lish uchun hech qanday kurslarga qatnashish kerak emas. Belgilangan nizom qoidalarni o‘rganing, talablar bilan tanishib chiqing va hujjatlaringizni topshiring. Hech qanday tayyorlov kurslariga hojat yo‘q, deya talabalarga ham murojaat qildi jamg‘arma ijrochi direktori.

    Endi davlat xizmatchilari uchun uchta dastur — malaka oshirish, qayta tayyorlash va magistratura yo‘lga qo‘yiladi. Barcha uzoq va o‘rta muddatli o‘quvlar xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma taʼlim dasturlari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari asosida tashkil etiladi.

    — Magistraturada “Davlat boshqaruvi”, “Davlat siyosati”, “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Inson resurslarini rivojlantirish” va “Davlat moliyasini boshqarish” yo‘nalishlarida 18 oygacha muddatda chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi. Davlat buyurtmasidan tashqari to‘lov-kontrakt shaklida ham talabgorlar qabul qilinadi. Magistraturaga qabul qatʼiy talablar asosida — yuqori malakaga ega, ikki yil ish tajribasi bor va tavsiyaga ega kadrlar tanlov orqali qabul qilinadi, dedi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salihov.

    Foto: AOKA matbuot xizmati

    Bundan tashqari, xorijiy fuqarolar uchun magistratura va qayta tayyorlash dasturlariga qabul ochilgan hamda qayta tayyorlash dasturlari kengaytiriladi — “Rahbar ayollar”, “Kelajak liderlari”, “Tizimli tahlil va strategik rejalashtirish”, “Investitsiyalarni jalb etish” kabi qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari ham tashkil etiladi.

    16 may, 18:45   Izoh (0)   2378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“El-yurt umidi”#fond#jamg‘arma#grant#stipendiya#TOP - 100

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Toronto universiteti bilan hamkorlikda ilmiy markaz ochiladi

    20.12.2018, 21:46

    Sherzod Shermatov — “Umid” jamg‘armasi va boshqalar xususida

    03.01.2020, 10:08

    “Ijodiy festival, xalqaro adabiy tadbirlar o‘tkazish uchun prezident turtkisini kutish – bu eng qoloq davlatlardagi tizim”. Shoir, tarjimon A’zam Obidov bilan tarj...

    30.09.2021, 14:41

    “Inson rivojlanishi, yuksak marralarga yetishi uchun komfort zonadan chiqishi kerak” — Italiyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati

    10.06.2023, 16:55

    Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi

    07.12.2024, 17:39

    Samarqand va Jizzaxda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    9 yanvar, 22:04

    Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning tashqi savdo, iqtisodiyot va investitsiyalarga masʼul davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi

    25 yanvar, 10:55

    O‘zbekistonda 3,5 ming kambag‘al oila farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi

    9 fevral, 10:10

    Xorijda o‘qigan o‘zbekistonlik talabalar vatanda muvaffaqiyatli karyera qilishiga yordam beriladi

    14 fevral, 14:57

    O‘zbekistonda 2025-yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    27 mart, 19:05

    Xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofoti 5 baravarga oshiriladi

    28 mart, 18:15

    “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

    28 mart, 21:15

    “M-25” konida yuz bergan vodorod sulfidining otilishi, pora ustida ushlangan soliqchi, afv etilgan jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxs: 28-martning eng muhim...

    28 mart, 23:42

    Maktab bitiruvchilari muhandislik yo‘nalishidagi fan olimpiadasida Damas yutib olishi mumkin

    1 aprel, 09:06

    O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

    13 may, 11:26

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    13 may, 23:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.