Yevropa olimlari qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Olimlar Yevropaning Katta adron kollayderi tezlatkichi yordamida qo‘rg‘oshinni oltinga muvaffaqiyatli aylantirdi va soniyasiga 89 ming atom hosil qildi. Qo‘rg‘oshinning atomlaridan uchta kichik zarracha — protonlar chiqarib tashlangach, shundan so‘ng oltin atomlari hosil bo‘lgan.
Bu jarayon fotoyadro reaksiyasi deb ataladi va juda qisqa muddat davom etadi. Tajriba davomida taxminan 86 milliard oltin yadrosi hosil bo‘lgan. Ularning umumiy massasi atigi 29 pikogramni tashkil etgan va juda qisqa vaqt ichida parchalanib ketgan.
Ushbu kashfiyot olimlar uchun nazariy jihatdan muhim bo‘lib, qo‘rg‘oshinni yadroviy usullar bilan oltinga aylantirish mumkinligini tasdiqladi. Biroq amaliy jihatdan bu jarayon juda samarasiz hisoblanadi. Chunki hosil bo‘lgan oltin miqdori juda oz va uni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan foydasizdir.
Shu sababli, bu kashfiyot asrlar davomida olimlarning orzusi bo‘lgan bo‘lsa-da, amaliy qo‘llanilgani yo‘q, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, tarixda alkimyogarlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishga harakat qilgan. Bu jarayon alximiyada “xrizopeya” deb ataladi. Masalan, Johann Friedrich Schweitzer o‘zining 1667-yildagi “Vitulus Aureus” asarida bunday transmutatsiyani amalga oshirganini aytgan. Ammo uning bu da’volari ilmiy jamoatchilik tomonidan rad etilgan.
Izoh (0)