• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Maslahatlar Salomatlik

    “Ish va shaxsiy hayot chegasini belgilab oling”. Yapon psixoterapevtidan hayotingizni yaxshilashga yordam beradigan tavsiyalar

    Yaponiyalik 70 yillik tajribaga ega psixoterapevt Suneko Nakamura uyg‘unlik va muvozanat retseptlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning maslahatlari qiyin davrlarni yengishga va har bir kundan maʼno topishga yordam beradi.

    Yapon hayot falsafasi hayratlanarli darajada dono va odatiy narsalarga yangicha qarashga majbur qiladigan g‘oyalar bilan to‘ldirilgan. Eng chiroyli konsepsiyalardan biri bu vabi-sabi, u dunyoning o‘zgaruvchanligi va kamchiliklari ichida go‘zallikni topishga o‘rgatadi. Hayotni boricha, kichik kamchiliklari va lahzalik quvonchlari bilan, bu dunyodagi hamma narsa o‘zgaruvchan va mukammal emasligini tan olib sevishni o‘rgatadi.

    Foto: Marieclaire

    Yana bir yapon hayot tamoyili — ikigai, yaʼni hayotni maʼnoli qiladigan narsani qidirish. Bu ish, sevimli mashg‘ulotlar yoki yaqinlaringiz bilan munosabatlar, baʼzan tashqi dunyo uchun ahamiyatsiz, ammo siz uchun muhim va to‘laqonli hayot tuyg‘usini beradigan narsa bo‘lishi mumkin. Masalan, kechqurun kuchuk bilan sayr qilish yoki nabiralar bilan o‘ynash kabilar shular sirasiga kiradi. Bunday mashg‘ulotlar har bir kundan quvonch topishga, hayotda o‘z o‘rningizni topganingizni his qilishga va yaponlar kabi, faol uzoq umr ko‘rishni taʼminlashga yordam beradi.

    Yaqinda 95 yoshli yapon psixoterapevti Suneko Nakamura tomonidan yozilgan “Xotirjam qalb” kitobi chop etildi. Muallif kitobdagi g‘oyalarni o‘zidan kelib chiqib yozgan. U urushni boshidan kechirgan, farzandlar tarbiyalagan, qariyb 70 yil davomida kasbi bilan shug‘ullangan va hozirda murakkab davrlarda ham ruhiy xotirjamlik hamda muvozanatni qaytarish usuli haqida butun dunyoga maʼlum qilmoqda.

    Foto: Marieclaire

    Suneko Nakamuraning hayotga bo‘lgan qarashlarini “quchuvchi donolik” deb atashadi. U bizni kichik quvonchlar va muhim saboqlar qanday qilib hayratlanarli darajada to‘liq va go‘zal hayotga aylanishini kuzatishga undaydi. Hayot har kuni qabul qiladigan kichik tanlovlarimiz bilan belgilanadi, baxt esa buyuk maqsadlarni doimiy ravishda taʼqib qilish emas, balki bor narsamizni qadrlash va oldinga siljish qobiliyatidir. Quyida uning kitobidan asosiy fikrlar keltiriladi.

    Yashash uchun ishlang

    Foto: Marieclaire

    Yashash uchun mehnat qilish mutlaqo normal holat. Agar siz nima uchun ishlayapman, deb o‘ylasangiz, ishni qiziqarli deb hisoblamasangiz, o‘zingizga shunday deng: “Men o‘zimni taʼminlash va munosib hayot kechirish uchun ishlayapman”. Shaxsiy o‘sish va hayot maqsadlari haqida o‘ylash keyinroq bo‘lishi mumkin. Hozirgi ishingizni kamchiliklarini hisobga olgan holda qabul qiling — bu sizni oldinga siljishga undaydi va kerak bo‘lsa, yangi narsani topish osonroq bo‘ladi. Shoshilishning hojati yo‘q: hayot — bu sprint emas, balki marafon.

    Siz baxtli bo‘lishingiz shart emas, lekin baxtli bo‘lishingiz mumkin

    Foto: Marieclaire

    “Baxtli — baxtsiz” mavzusida cheksiz mulohaza yuritishning maʼnosi yo‘q, deb hisoblaydi Nakamura. Ayniqsa, o‘zimizni boshqalar bilan solishtirishni boshlaganimizda umuman boshqacha insonga aylanamiz. Hammasi qanday bo‘lishi va qanday bo‘lmasligi kerakligi haqidagi tasavvurlarimizdan xalos bo‘lish hayotni sezilarli darajada yengillashtirishi mumkin. Keraksiz taqqoslash va kutishni tark etib, o‘z hayotimizni boshqalarning hayotidan ajratib qo‘ysak, stress va keraksiz tashvishlardan xalos bo‘lamiz.

    Agar muvaffaqiyatni kutmasangiz, u sizni o‘zi topishi ehtimoli katta.

    “Agar umid qilmasangiz va xohlamasangiz, yangi imkoniyatlar va to‘g‘ri yo‘l paydo bo‘ladi”, deb ishontiradi muallif. Bunday yondashuv ishda ham, shaxsiy munosabatlarda ham yengil muhit yaratishga yordam beradi. Ko‘pincha eng qulay imkoniyatlar biz ularni eng kam kutganimizda paydo bo‘ladi. Atrofimizdagi vaziyat va odamlar esa bizni kerakli qarorlar qabul qilishga undaydi.

    Bunda odamlarga e’tiborli munosabatda bo‘lish, hatto ularning mayda muammolariga hamdardlik bildirish va kamchiliklarini o‘zgartirishga urinmasdan qabul qilish muhimdir. Bu mehribonlik bizga qaytib keladi.

    Sekin-asta harakat qilish.

    Foto: Marieclaire

    Qiyin davrlar boshlanganda, harakat qilishni davom ettirish muhimdir. To‘xtash va o‘z qobig‘iga o‘ralib olish, chekinish, yolg‘izlik vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. “Hech narsa chiqmayapti!” kabi fikrlar vaqtni televizor ko‘rish yoki kompyuter o‘yinlari kabi passiv befoyda mashg‘ulotlarga sarflashga olib kelishi mumkin. “Nima qilsam ham, hamma narsa behuda!” deb o‘ylaydiganlar esa spirtli ichimliklar va haddan tashqari ko‘p ovqatlanishdan tasalli qidirishi mumkin, bu esa ularning sog‘lig‘ini buzadi. Bularning barchasini Nakamura “to‘xtash” deb ataydi, undan keyin hayot mexanizmi ancha yomon ishlaydi.

    “G‘am-g‘ussada qotib qolmaslik, xotirjam va vazmin yashashga harakat qilish, odamlar bilan aloqani uzmaslik — bu murakkab davrda eng muhimi, deya taʼkidlaydi Nakamura. 

    Sekin-asta harakat qiling. O‘zingizga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling. Qiyin davrlarda kuchingizning faqat 60 foizini sarflashga harakat qiling: agar o‘zingizni juda ko‘p charchatsangiz, vaziyat yanada yomonlashadi. O‘zingizning ritmingizda harakat qiling, uddalay oladigan ishingizni qiling hamda vaziyatni qabul qilishga harakat qiling. Hayot sizni og‘ir maktabdan o‘tishga majbur qiladi, lekin bir kun kelib qiyin damlar ortda qolganini bilib olasiz. Orqaga qaraganingizda, sinovlar sizga bebaho tajriba berganini anglaysiz.

    Eʼtiboringizni hozirgi kunga qarating

    Foto: Marieclaire

    Qancha tashvishlansak ham, kelajakni bashorat qilish mumkin emas. Shuning uchun muallif hozir sodir bo‘layotgan narsalarga barcha eʼtiboringizni qaratishni maslahat beradi. Shu bilan birga, ishdan tashqari vaqtda ish haqida o‘ylamaslik, uni shaxsiy hayotdan ajrata bilish muhimdir, bu esa ko‘pchilik uchun qiyinchilik tug‘diradi va ortiqcha stressni keltirib chiqaradi.

    Uyda oilaviy an’analaringizni yarating

    Foto: Marieclaire

    “Uyga qaytganingizdan to uxlaguningizcha o‘zingiz uchun uy marosimlarini yarating”, deydi u. Kechqurun charchagan ongni ortiqcha o‘y-xayollar bilan band qilmaslik kerak — ertalab yangi yechimlarni topishga sifatli uyqu yordam beradi. Agar kechqurun o‘zingizda zo‘riqishni his qilsangiz, Nakamura shunchaki o‘zingizga “To‘xta” deb aytishni va dam olishga yordam beradigan biror narsa bilan shug‘ullanishni, masalan, sevimli tinchlantiruvchi dasturlarni yoki filmlarni tomosha qilishni tavsiya qiladi.

    23 may, 18:46   Izoh (0)   2354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Psixologiya#Ruhiyat#Yaponiya#Psixoterapevt#Baxt#Hayot falsafasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Temur Kapadze: “11 o‘yinchi bo‘lib harakat qilganimizda Iroqni osonroq yutardik”

    12.06.2022, 13:12

    “Psixologiya pul ishlash manbaiga aylantirib yuborilmoqda” — psixolog olim

    05.12.2023, 21:20

    “Agar imkon bo‘lganida antikvar buyumlar muzeyini ochardim” — Yangiobod bozorida sotuvchilik qiladigan sobiq fotosuratchi (foto)

    22.11.2024, 11:50

    Taniqli san’atkorlarning farzandi, aktyorning rafiqasi, professional psixolog va muvaffaqiyatli bloger Muqaddas Sa’dullayeva 34 yoshda (foto, video)

    10.12.2024, 11:30

    “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Panoh”dagi Gulnoza. Yorqin obrazlari bilan tanilgan aktrisalar hozir qayerda? (foto)

    30.12.2024, 14:06

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan zerikkanlar uchun: Netflix’ning 5 ta yuqori reytingga ega turk seriallari (treyler)

    15 yanvar, 17:06

    Psixiatrlar Slovakiya bosh vazirini xulq-atvorini o‘zgartirishga yoki siyosatni tark etishga chaqirdi

    20 yanvar, 22:25

    “Hamma zo‘r, faqat men omadsizman”. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini boshqalar bilan solishtirish qanday oqibatlarga olib keladi?

    28 yanvar, 11:36

    “Tolibon” ayollarning yagona radiostansiyasini yopib qo‘ydi

    6 fevral, 14:30

    “Morena Klara” efirga uzatilganiga 30 yil to‘ldi. Serial qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)  

    6 fevral, 12:57

    Xonlar sabab karyerasidan ayrilgan “Qasos o‘ti” yulduzi Sonu Valiya haqida nimalar ma’lum? 

    13 fevral, 11:35

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Namangan davlat universitetiga rektor tayinlandi

    7 may, 19:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 15:15

    Isroil G‘azoga ketayotgan Greta Tunberg va kemaning boshqa ekipajini hibsga oldi

    Dunyo | 9 iyun, 15:04

    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?

    Reklama | 9 iyun, 15:00

    Shveysariyaga ko‘chib o‘tish evaziga 26 ming dollar vaʼda qilinmoqda

    Layfstayl | 9 iyun, 14:58

    Germaniya urushdan himoyalanish uchun millionlab bunkerlar qurishni rejalashtirdi

    Dunyo | 9 iyun, 14:52

    “Imtihon tizimini o‘zgartirish kerak” — nega maktab bitiruvchisi repetitorga qatnamay, universitetga kirolmayapti?

    O‘zbekiston | 9 iyun, 14:43

    Alkaras – Sinner: “Rolan Garros-2025” finalidagi keskin kurash va ispan tennischisining g‘alabasi

    Sport | 9 iyun, 14:29

    Sothebyʼs auksionida Jeyn Birkinga tegishli birinchi Hermes Birkin sumkasi sotiladi

    Layfstayl | 9 iyun, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.