• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Zamonaviy hayot tarzini tanlagan va nozik did bilan kiyinadigan sharq malikalari

    Yevropa monarxlari ko‘pincha protokolga qat’iy rioya qilishlari uchun tanqidga uchraydi, bu ko‘pincha haddan tashqari vazminlik va bir xillik sifatida qabul qilinadi. Biroq Osiyo malikalari va qirolichalari uslubi stereotiplardan tashqariga chiqib, xilma-xillikni namoyish etmoqda. . Bundan tashqari, ularning ko‘pchiligi moda do‘konlarini ochish orqali o‘z brendlarini yaratmoqda.

    Imon Afzon — Pahang malikasi

    Imon Afzon Malayziyani 2014-yildan 2019-yilgacha boshqargan Pahang sultoni Abdulloh II ning to‘ng‘ich qizi hisoblanadi. Ko‘plab qirollik oilalari a’zolaridan farqli o‘laroq, Imon Afzon jamoat hayotida faol ishtirok etadi. U Angliyaning Nottingem universitetida siyosatshunoslik bo‘yicha ta’lim olgan va Malayziyaga qaytgach, ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagan. U Qirollik ruhiy salomatlik jamg‘armasining homiysi sifatida kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatadi va mehribonlik uylaridagi o‘smirlarning ta’lim olishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, u fuqarolarning ruhiy farovonligini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Amaldagi qonunchilik Imon Afzonning Malayziya qirolichasi bo‘lishiga imkon bermasa-da, u allaqachon xalq hayotidagi faol ishtiroki tufayli sevimli shaxsga aylangan. Shu bilan birga, uning siyosiy faolligi uning doimo zamonaviy va nafis ko‘rinishiga xalaqit bermaydi, bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari muntazam ravishda ta’kidlab o‘tishadi.

    Kako — Yaponiya malikasi

    Yaponiya imperatorlik oilasiga mansub Kako taxt vorisligi tizimida ikkinchi o‘rinda turgan, biroq imperator bo‘lmagan shahzoda Fumihitoning qizi hisoblanadi. Bevosita taxt vorisi bo‘lmasa-da, Kako jamiyat hayotida faol ishtirok etadi. U tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga ko‘maklashadi, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va she’rlar bitadi. 2014-yilda voyaga yetgach, yapon xalqiga sadoqat qasamini ichgan ilk malika unvoniga sazovor bo‘ldi.

    Amaldagi imperatorning ham qizi, malika Aiko mavjud bo‘lsa-da, jamoatchilik e’tibori aynan Kakoga qaratilgan. Unda buvisi, imperatorlik oilasiga mansub bo‘lmagan birinchi ayol sifatida valiahd shahzoda Akihitoga turmushga chiqqan malika Mitikoga o‘xshashlik ko‘rishadi. Malika Kako mehribonligi, nozik didi va fuqarolarga g‘amxo‘rligi tufayli e’zozlanadi.

    Ezurin Xayra — Malayziya malikasi 

    Malayziya fuqarolari Ezurinning qirol Tunku Dato Yakob Xayraga turmushga chiqib, amalda mamlakatni boshqargan davrlarini deyarli unutib yuborgan. Bugungi kunda u hashamatli turmush tarzi bilan tanilgan: Ezurin vaqtining ko‘p qismini Yevropa va AQShda o‘tkazib, moda namoyishlarida qatnashadi hamda ijtimoiy tarmoqlarida qimmatbaho kiyimlarni ko‘z-ko‘z qiladi.

    Eri bilan ajrashgandan so‘ng, Ezurin “Uy” nomli realiti-shou loyihasini e’lon qildi. Unda u va besh farzandi odatiy hashamatli hayotdan voz kechib, chekka qishloqda yashashga moslashishga harakat qilishdi. Bu loyiha katta qiziqish uyg‘otdi, ayniqsa, sobiq model sifatida tanilgan Ezurin qirollik oilasi doirasida ham haddan tashqari dabdabaga berilgani uchun ko‘p tanqidga uchragandi.

    Sirivannavari Nariratana — Tailand malikasi 

    Tailand qiroli Rama X va aktrisa Yuvadxida Suratsavadining qizi Sirivannavari monarxlar an’analarini buzmoqda. Tailand taxtining merosxo‘rlik qatorida uchinchi o‘rinda tursa-da, u tadbirkorlikni tanlagan. Parijda moda bo‘yicha magistraturani tugatgach, Sharq va G‘arb uslublarini uyg‘unlashtirib, noyob kiyimlar taklif etuvchi o‘z brendini yaratdi.

    Biroq uning shuhrati moda doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Sirivannavari ko‘pincha eng zamonaviy insonlar ro‘yxatiga kiritiladi, Parij va Milandagi yirik moda tadbirlariga qatnashadi hamda qirollik a’zolari haqidagi tasavvurlardan yiroq bo‘lgan dunyoviy hayot tarzini kechiradi. Shunday bo‘lsa-da, u vaqti-vaqti bilan turli mojarolarga sabab bo‘ladi va jamiyatning ayrim vakillari orasida norozilik uyg‘otadi.

    8 may, 01:10   Izoh (0)   30154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #malikalar#hashamat#jamoat faoli#qirollik oilasi#sharq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoning turli millatlariga mansub qizlar to‘yi kuni qanday libos kiyadi? (foto)

    27.10.2020, 21:22

    “Arab olamining Dianasi”: Saudiya Arabistoni ayollari haqidagi stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan malika Amira at-Tavil haqida 

    26.09.2023, 10:53

    Abdulla va Raniyaning baxt pardasi ortidagi hayot: Iordaniya qirollik oilasi fojialari

    20.10.2023, 17:20

    Qirollik oilasi a’zolari farzandini dunyoga keltirish uchun qancha pul sarflaydi? Angliyadagi eng yaxshi tug‘uruqxonalar narxi

    19.11.2023, 13:24

    Instagram’da shaxsiy akkauntiga ega dunyo malikalari (foto) 

    24.11.2023, 10:29

    Oilaviy tomosha qilish uchun Yangi yil haqidagi qiziqarli multfilmlar (video)

    30.12.2023, 14:59

    Yaponiya malikasi sirli kasallikka chalindi  

    10.01.2024, 21:30

    Sharqning eng qudratli malikasi shayxa Mozaning 5 ta go‘zallik siri

    21.02.2024, 17:35

    Salkam 5 mlrd dollar: barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizalari

    23.04.2024, 15:51

    Farzandlarining xursandchiligi uchun qirollik tartib-qoidalarini buzgan qirolicha va malikalar

    25.04.2024, 11:51

    Ham qiziqarli, ham tarixiy: qirolicha va malikalar hayoti haqida hikoya qiluvchi filmlar

    23.05.2024, 15:40

    “Birov uchun emas, faqat o‘zingiz uchun o‘zgaring”. “Shrek”dan o‘rganish kerak bo‘lgan 7 ta hayotiy saboqlar

    07.06.2024, 09:59

    Iordaniyaning maftunkor malikasi hozirda qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    15.06.2024, 12:55

    Osiyodagi eng badavlat odamning yolg‘iz qizi — Isha Ambani qanday yashaydi?

    29.06.2024, 14:25

    O‘z davrida eng muvaffaqiyatli bo‘lgan 10 ta multfilm

    05.07.2024, 10:25

    Disney multfilmlaridagi malikalarda jiddiy psixologik muammolar borligini anglatuvchi faktlar

    10.07.2024, 16:08

    Saudiya Arabistonining zamonaviy malikalari qanday ko‘rinishga ega? 

    22.07.2024, 10:40

    Kutilmaganda bir-biriga qarindoshligi ma’lum bo‘lgan mashhurlar  

    15.08.2024, 19:50

    Instagram orqali eri bilan ajrashgan Dubay amirining qizi — shayxa Mahraning taqdiri qanday kechdi?

    05.12.2024, 09:47

    Zaharlab o‘ldirilgan Bibixonim: u kelinini dordan saqlab qolgani uchun shu tariqa tovon to‘lagan edimi?

    07.12.2024, 11:35

    Britaniya merosxo‘rlariga qo‘yilgan taqiqlar: shahzoda Jorj va Lui, malika Sharlottaga qilish mumkin va mumkin bo‘lmagan ishlar

    28.12.2024, 17:52

    Dunyoning eng go‘zal shaharlarida suratga olingan filmlar

    1 yanvar, 17:10

    Amir Temur tan olmagan kelin — Shodmulk xotun qismati

    3 yanvar, 18:48

    Hadicha begim: tarixda qora iz qoldirgan temuriy malika qismati

    12 yanvar, 12:40

    Faqat “Titanik” emas: “Oskar” soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan 6 ta eng shov-shuvli film (treyler)

    5 mart, 11:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada yuz bergan toshqin oqibatida aholi uy tomlarida jon saqlamoqda

    Dunyo | 21 may, 22:22

    Bir mln dollarlik qulaylik: turk seriallarining malikasi qanday yashaydi?

    Layfstayl | 21 may, 22:05

    TikTok voyaga yetmagan foydalanuvchilarning ruhiy salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qila boshlaydi

    Layfstayl | 21 may, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 21:23

    Toshkentda fuqarolarga AQSH vizasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 21:15

    O‘zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi, “Olimpik Mobiuz” esa pley-offga yo‘l oldi

    Sport | 21 may, 21:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.