Shayxa Moza bint Nosir al-Misnid Qatarning uchinchi amiri Shayx Hamad ibn Xalifa al-Taniyning ikkinchi ayoli, yetti (!) farzandning onasi, dunyodagi eng zamonaviy birinchi xonim, siyosiy va ijtimoiy faol davlat arbobidir.
Moza xonim ta’lim va madaniyat jamg‘armasi raisi, turli xayriya tashkilotlari rahbari va shunchaki go‘zal ayol sifatida tanilgan. Wday nashri sharq go‘zalligi va moda timsoli Moza xonimning nafosat sirlari haqida ma’lumot berdi.
Qatiqli niqob
Aytishlaricha, shayxa Moza yuz va tana parvarishi uchun faqat tabiiy va organik moddalardan tayyorlangan kosmetika vositalaridan foydalanadi. Masalan, u haftasiga ikki marta sochiga qatiqli niqob surtadi. Niqob uchun uy sharoitida tayyorlangan tabiiy va yog‘li qatiqdan foydalaniladi.
Tabiiy bo‘yoqlar
Ko‘pchilik sharq ayollari, jumladan, Moza xonim ham tabiiy tusdagi soch rangini ma’qul ko‘radi. U zararli kimyoviy bo‘yoqlarsiz jigarrang sochlarga ega bo‘lish uchun xina yoki basmadan foydalanadi. Bunday bo‘yoqlarni qanday natija kerakligiga qarab 5 daqiqadan 8 soatgacha sochda ushlash mumkin. Asosiy qoida — sochlarni shampun bilan emas, iliq suvda yuvish kerak bo‘ladi.
Argan yog‘i
Argan yog‘i arab davlatlarida keng tarqalgan moy bo‘lib, uni taomlarga, yuz terisi va soch parvarishiga qo‘llaydilar. Shampunga qo‘shilgan bir necha tomchi argan yog‘i sochlarga jilo beradi, undan tayyorlangan niqob tarkibidagi E vitamini sababli yuzni namlantiradi va foydali oziq-moddalarga terini to‘yintiradi.
Atirgul suvi
Sharq ayollarining aksariyati yuzni namlantiruvchi va tozalovchi tonik o‘rniga atirgul suvidan foydalanadi. Atirgul suvi yuzga tetiklik beradi, uning moyidan qadimgi malikalar atir sifatida foydalanishgan.
Issiq hammom
Doimiy issiq hammomdan foydalanish qon aylanishini yaxshilaydi, mushak va suyaklardagi og‘riqlarni kamaytiradi va hatto ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda ham yordam beradi. Terini chuqur tozalash uchun kofedan tayyorlangan tabiiy skrabdan foydalanadi.
Izoh (0)