Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktabda o‘quvchilar qartabozlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. MMTB holatga izoh berdi.
Unga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda kuzatilgan. O‘quvchilar ustoziga bildirmasdan qartabozlik qilishgan, bu holatni o‘qituvchi ko‘rmagan.
Bu voqea o‘sha paytning o‘zida maktab ma’muriyati, ichki ishlar xodimlari, psixolog, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z navbatida, o‘quvchilarning ota-onalaridan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimalar undirilgan. Holatni tasvirga olgan o‘quvchilar o‘quv yili oxirida boshqa maktabga o‘tgan.
Izoh (0)