• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qiziltepa tumanidagi Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida uzum ko‘chatchiligi bo‘yicha tajriba xo‘jaligi tashkil etiladi

    Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga uchragan, 2 million gektarga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim o‘zgarishi sababli 2030-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini aytmoqda. Buning choralarini hozirdan ko‘rish zarur.

    Shu bois qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha 52 banddan iborat milliy dastur ishlab chiqildi. Dastur doirasidagi chora-tadbirlarga 294 million dollardan ortiq grant mablag‘lari jalb qilish nazarda tutilgan.

    Jumladan, Orolbo‘yida 1 million gektardagi agroekologik landshaftlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlar holati yaxshilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ihotazorlar barpo qilinadi. Suv taʼminoti og‘ir yerlarda qizilmiya, naʼmatak, kunjut, artemiya yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

    Iqlim o‘zgarishini tahlil va bashorat qilish bo‘yicha markaz tuzilib, 5 ta viloyatda agrometeorologiya stansiyalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Italiya bilan hamkorlikda Intensiv urug‘chilik va ko‘chatchilik xalqaro markazi, sho‘rga va suvsizlikka chidamli ekinlar bo‘yicha urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etiladi.

    Suvni tejash masalasi, ayniqsa, Amudaryoning quyi mintaqasida dolzarb. Shu bois yana bir hujjatga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda yerni lazerli tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish rejalashtirilmoqda. Yaʼni paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchilarga lazerli tekislangan har bir gektar maydonga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajati 100 foizgacha qismini qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiya beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Birinchi bosqichda bu To‘rtko‘l, Beruniy va Amudaryo tumanlarida amalga oshiriladi. Bunday maydonlarda hosildorlik o‘rtacha 5-7 sentnerga oshadi va suv sarfi 15-20 foiz tejaladi.

    Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining yer maydonlaridan samarali foydalanish rejalari ham bayon qilindi.

    Xususan, institutning Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasidagi 142 gektar yer qaytadan foydalanishga kiritiladi. 300 gektar maydonda suv tejaydigan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, eksportbop meva va uzumzorlar barpo etiladi

    Qiziltepa tumanidagi Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida uzum ko‘chatchiligi bo‘yicha tajriba xo‘jaligi tashkil etilib, Fransiya va boshqa davlatlarning eksportbop navlari ko‘chati olib kelinadi. Har ikki stansiyada suv taʼminotini yaxshilash uchun energiya tejamkor nasos agregati va transformator o‘rnatiladi.

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uzluksizligida issiqxonalarning alohida o‘rni bor. So‘nggi yillarda ularning maydoni 2,6 baravar, mahsulot yetishtirish hajmi 3 baravardan ziyod oshgan. Ushbu tarmoqda 80 ming aholi doimiy va 70 ming nafari mavsumiy ish bilan band.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Issiqxona xo‘jaliklarining samardorligini oshirish maqsadida xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash taklif etilmoqda.

    Davlatimiz rahbari har doim sohani ilmiy rivojlantirish talabini qo‘yadi. Shu maqsadda Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish taklifi bildirildi.

    Institutda yangi yo‘nalishdagi tolali ekinlar bo‘yicha tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Tarmoqda ilmiy natijalarga asoslangan yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar joriy etiladi. Fan va ishlab chiqarish samarali bog‘lanib, paxta-to‘qimachilik korxonalari rentabelligi ortadi. Paxta, kanop va zig‘ir homashyolaridan olinadigan mahsulotlarning xalqaro standart talablariga mosligi taʼminlanadi.

    Prezidentimiz bu takliflarni takomillashtirib, manzilliligi va natijadorligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    10.05.2024, 18:28   Izoh (0)   5093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shohjahon Jo‘rayevga jinoyat ishi ochildi 

    10.05.2024, 18:04

    O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy ishlarga yuboriladi 

    10.05.2024, 17:55

    Samarqandning ayrim hududlarida kuzatilgan suv toshqini haqida ma’lumot berildi 

    10.05.2024, 17:20

    O‘zbekistondagi Visa mintaqaviy bo‘linmasi rahbari etib Behzod Abdurahmonov tayinlandi

    10.05.2024, 16:46

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 700 so‘mdan oshdi

    10.05.2024, 16:09

    Shavkat Mirziyoyev tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olinganini aytdi 

    10.05.2024, 15:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.