• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi

    Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Samarqand sammiti doirasida mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda O‘zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Turli darajalardagi faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar, amaliy hamkorlikning institusional mexanizmlari doirasida samarali ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishga tayyorlanmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi barqaror ortib bormoqda. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalari portfeli 30 milliard yevrodan ziyodni tashkil etmoqda. Mamlakat Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yirik benefisiari hisoblanadi, Toshkent shahrida Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yevropa ittifoqining bosh institutlari rahbarlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklikni mustahkamlash borasidagi siyosatni yuksak baholadi va qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muzokaralarda asosiy e’tibor innovatsiyalar, “yashil” energetika, tog‘-kon tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga qaratildi. Turizm, madaniyat, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bo‘lajak “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” formatidagi birinchi oliy darajadagi sammit kun tartibidagi masalalar hamda Yevropaning “Global darvoza” strategiyasi doirasida ikki mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yevropa investitsiya Bankining (EIB) mintaqaviy vakolatxonasi — bu bankning muayyan mintaqada, masalan, Markaziy Osiyoda, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun tashkil etilgan rasmiy vakillik idorasi hisoblanadi.

    Uning asosiy vazifalari:

    • Moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish – Mintaqadagi davlat va xususiy sektor bilan ishlash orqali infratuzilma, ekologiya, energetika va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
    • Mahalliy loyihalarni moliyalashtirish – Barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, transport va boshqa sohalarda sarmoyalar ajratish.
    • Hamkorlikni kuchaytirish – Hukumatlar, xalqaro moliya institutlari va tadbirkorlar bilan yaqin aloqalarni rivojlantirish orqali loyihalarning samaradorligini oshirish.
    • Texnik yordam va maslahat berish – Moliyalashtirilayotgan loyihalarning sifatini ta’minlash va ularni xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirishda ko‘maklashish.
    • Barqaror investitsiyalarni jalb qilish – Mintaqadagi biznes va davlat sektoriga uzoq muddatli sarmoyalarni yo‘naltirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash.

    “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti 

    Ushbu sammit Samarqand shahrida 3—4-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

    “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuvidan boshlandi. 3-aprel kuni sammitda ishtirok etadigan yana bir qator delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 4-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

    • “Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun muhim hamkor” — Ursula fon der Lyayen
    • Qirg‘iziston prezidenti Samarqandga keldi
    3 aprel, 15:46   Izoh (0)   1514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Samarqand#sammit

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo‘lmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    04.07.2024, 18:50

    “Anjuman kun tartibiga kiritilgan Qorabog‘ deklaratsiyasining imzolanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2024, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida ishtirok etdi 

    08.10.2024, 21:18

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

    11.11.2024, 21:08

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

    10 mart, 20:09

    Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi yakunlandi

    13 mart, 19:22

    Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi

    27 mart, 09:38

    Samarqand shahriga kirish vaqtincha cheklanadi

    31 mart, 10:38

    Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi

    31 mart, 12:45

    O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi yangi bosqichda: Samarqand sammiti istiqbollar eshigini ochmoqda 

    1 aprel, 14:50

    Toshkent va Samarqandda qariyb 390 mln so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi 

    1 aprel, 18:39

    Uzum Bank mahalla fuqarolari orasida ta’lim dasturini ishga tushirdi

    2 aprel, 13:30

    “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” sammitida kimlar qatnashishi maʼlum qilindi 

    1 aprel, 18:44

    “Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon makonga aylantirish uchun tarixiy imkoniyat turibdi” — Shavkat Mirziyoyev 

    1 aprel, 18:41

    “Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon makonga aylantirish uchun tarixiy imkoniyat turibdi” — Shavkat Mirziyoyev

    1 aprel, 19:41

    Mobiuz va Huawei mobil qurilmalar va gadjetlar savdosini yo‘lga qo‘ydi

    2 aprel, 12:00

    Qoraqalpog‘istonda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    1 aprel, 23:45

    Yevropa kengashi prezidenti tashrif bilan Samarqandga keldi

    2 aprel, 10:08

    O‘zbekistonda 600 ming gektardan ortiq maydonda chigirtka tarqalishi prognoz qilingan

    2 aprel, 16:05

    O‘zbekistonda 3-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    2 aprel, 14:15

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi

    2 aprel, 17:25

    Samarqandda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    2 aprel, 20:05

    Samarqandda 183 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

    2 aprel, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi 

    2 aprel, 21:10

    Xitoy korporatsiyasi O‘zbekistonda temiryo‘l, aviatsiya va yo‘l infratuzilmalarini rivojlantirishda ishtirok etmoqchi

    3 aprel, 09:08
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uy konditsionerini o‘rnatgan, rul ustida osh yegan: Namanganda qoidabuzar “bloger”larga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 21 may, 18:50

    Aktrisa Keyt Uinsletning qizi Kann kinofestivalida debyut qildi

    Kino | 21 may, 18:45

    Trampning o‘g‘li kelajakda prezidentlik poygasida qatnashishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 18:40

    Toshkent metropoliteni xodimi homilador xotinini o‘ldirib, kanalga tashlab yubordi

    O‘zbekiston | 21 may, 18:30

    Rim papasi Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 21 may, 18:20

    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda

    Reklama | 21 may, 16:30

    Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlanayotgani aytildi

    O‘zbekiston | 21 may, 18:10

    AQSH Suriyaning muvaqqat hukumati tez orada qulashidan ogohlantirdi

    Dunyo | 21 may, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.