• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘ylama, faqat o‘yna!”: tiraniya, uyg‘onish va Monteskiening “Qonunlar ruhi” asari haqida

    Joriy yilning 25-may kuni “Tirilish” nashri tomonidan tarjima qilingan va chop etilgan fransuz faylasufi Sharl Lui Monteskiening “Qonunlar ruhi” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda bir qancha siyosatshunos, iqtisodchi va tarixchi olimlar ishtirok etdi. Kitob tarjimoni va muharriri — siyosatshunos Hamid Sodiq asarning mohiyati va o‘zbek jamiyati uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

    “Dastlab, kitobning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tsam. Buning uchun men ikkita yo‘nalishni tanladim. Birinchi yo‘nalish — fragmentlik masalasi. Fragmentlik nima? Bizning hayotimiz smartfonimizdagi fragment lavhalarga o‘xshab qolgan. Yaʼni qisqa videolar asosiy vaqtimizni oladi. Hayotimiz ham shunday fragment ko‘rinishda davom etadi va biz atrofimizdagi ijtimoiy munosabatlarni fragmentallik asosida tushunishga moslashib qolamiz. Hatto, bu qarash siyosiy tafakkur darajasiga ko‘tarilgan. Masalan kimdir bilan gaplashsangiz, unda maʼlum bir siyosiy bilimlar bo‘yicha maʼlum fragment bilimlar bor. Biz tarjima qilayotgan kitoblar ham siyosat olamining maʼlum bir fragmentlarini ochib berishga xizmat qiladi.

    Hozir jamiyatimizda siyosiy “konstruksiya” (tuzilish)ni to‘liq tushuntirib bera oladigan kitobga ehtiyoj mavjud. Fransuz faylasufi Sharl Lui Monteskie o‘zining 20 yillik mehnati orqali bizga aynan shunday kitobni taqdim qiladi. Monteskie “Qonunlar ruhi” asarida tabiiy qonunlardan tortib, davlatni qanday vujudga kelishi, uning tabiati va uni harakatga keltiruvchi prinsiplarini tushuntiradi. Yaʼni bizga u davlatning aniq tuzilishini tavsiya qiladi.

    Ushbu kitob “siyosiy olam qanday”, degan savolga to‘liq javob berishga harakat qiladi. Misol uchun, despotik (cheksiz kuch va diktatura boshqaruvining asosiy xususiyatlaridan biri — tahr.) davlatlarning qonundan tashqarida harakat qilish tabiati hech qachon o‘zgarmaydi.  Hozir ham o‘zgarmayapti. Yo bo‘lmasa, institutsional qo‘rquv masalasini olaylik. Qo‘rquv Monteskie davrida ham, Sovet Ittifoqi davrida ham va bugun ham o‘zgarmagan. Bilamizki, qo‘rquv — despotik davlatlarning asosiy prinsipi hisoblanadi. Yaʼni qo‘rquvlarimiz maʼlum bir hokimiyatni ushlab turishga xizmat qiladi”, — dedi siyosatshunos.

     

    Taqdimot jarayoni
    Foto: “Daryo”

    Tarjimon Monteskiening kitobidan iqtibos keltirib, despotik davlatlarda barcha despot(diktator)ning poshnasining tagida teng bo‘lishini ta’kidladi.

    Sharl Lui Monteskie “despotik davlatlarda hamma tengdir, faqat ular qul sifatida teng bo‘ladi”, deya yozadi. Yaʼni Monteskie despotik davlatlarda barcha despot (diktator)ning poshnasining tagida tangdir demoqda. Despotik mamlakatlarda despotning poshnasi – bu institutsional poshna hisoblanadi. Va u parlament vazifasini bajaradi. Mana shu nuqtai nazardan bu kitob bizni maʼlum maʼnoda tinchlantiradi. Yaʼni kitob orqali biz nimaga taʼsir ko‘rsata olamiz va nimaga taʼsir ko‘rsata olmaymiz, degan savolga javob topamiz. 

    Monteskie 'Kommod va Kaligula davri (ikkisi ham Rim imperiyasining imperatorlari – tahr)da insonlar tiran (zolim – tahr)ga tosh otar edi, lekin hech kim tiraniya (bu individual boshqaruvga asoslangan boshqaruv shakli – tahr)ga tosh otmas edi', deb yozgan. Xo‘sh, tiran bilan shug‘ullanish kerakmi yoki tiraniya bilan? Tabiiyki, tiraniya bilan shug‘ullanish kerak. Chunki tiranni hokimiyatdan bir kunda olib tashlasa bo‘ladi. Lekin tiraniya bir kunda ketmaydi.

    Bu bizga tinimsiz mehnat qilish va hayotimizni bir tizginga solish masalasini o‘rgatadi. Biz tiraniyaga qarshi kurash uchun, despotik davlatlarning asosiy prinsipi bo‘lgan qo‘rquvdan voz kechishimiz kerak. Mana shu mavzu “Qonunlar ruhi” kitobining falsafiy jihatlari hisoblanadi”, — deydi siyosatshunos Hamid Sodiq.

    Olim fikrida davom etib, bugun jamiyatning uyg‘onish nuqtasi insonlarning tafakkur tarzi ekanligini, jamiyat vaqt o‘tgani sayin siyosiy immunitet va suverenitet masalasini unutib borayotganini taʼkidladi.

    “Jamiyat o‘laroq hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. Bugun uyg‘onishning bitta murakkab tomoni bor. Oldingi uyg‘onish bosqichlarida bitta xususiyat biznikiga o‘xshamagan. Bu — to‘qlik. Sovet Ittifoqi vujudga kelayotganida xalqqa to‘qlik taklif qilingan. Biz bugun uyg‘onish nuqtasini tafakkur tarzimizdan boshlashimiz kerak. Bugun barchamiz to‘qmiz. Hatto, avtomobil borasida ham boshimizni og‘ritishimiz kerak bo‘lmay qoldi. Masalan Xitoy bizga “elektromobil yarataman deb boshingizni qotirib o‘tirmang”, deya bizni elektromobillarga ko‘mib tashladi. Agar isteʼmolchi jamiyat bo‘lib qolsak, bu siyosiy turtki bermaydi. Bugun dunyo siz isteʼmol qilmoqchi bo‘lgan barcha narsani yetkazib bermoqda. Balki jamiyat maʼlum maʼnoda isteʼmoldan biroz tiyilishimiz ham kerakdir?!

    Tasavvur qiling, yosh bolaning xonasi o‘yinchoqlar bilan to‘ldirib tashlangan. Yana xonaga o‘yinchoqlar tashlanmoqda. Bu o‘yinchoqlar nima uchun, deb savol bersak, o‘ynash uchun! deya javob berishmoqda. Yaʼni o‘ylama, faqat o‘yna! Bu bizni chalg‘itmoqda va vaqt o‘tgani sayin biz siyosiy immunitet va suverenitet masalasini asta-sekin unutmoqdamiz”, — dedi siyosatshunos.

    27.05.2024, 17:25   Izoh (0)   6689
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kelajak mojarolarini bashorat qilgan kitob: Hantington qanchalik haq?

    16.05.2024, 21:00

    “G‘arbga Rossiya hududining kattaligi to‘g‘ri kelmaydi. Unga kichikroq Rossiya kerak” — siyosatshunos

    17.05.2024, 12:25

    “Ukraina yaqin 30 yil ichida NATOga a’zo bo‘lmasligi mumkin” — Shols

    27.05.2024, 15:11

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi 

    27.05.2024, 17:10

    Rossiyada O‘zbekistonning to‘laqonli savdo vakolatxonasi tashkil etiladi 

    27.05.2024, 16:57

    Aliment to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lgan ota Orol dengizi bo‘yidan topildi 

    27.05.2024, 16:31
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.