O‘tgan hafta yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va havoning salqinlashishidan so‘ng, ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 23-28 darajadan 28-33 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat 35-37 darajagacha ko‘tariladi.
27—29-may kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12-15 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 25-28 darajadan 29-32 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Izoh (0)