Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 3,6 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olgani ma’lum bo‘lgan.
Buning oqibatida 2,7 million kilovatt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)