Soliq qo‘mitasiga 2024-yil yanvar—aprel oylarida 18 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar Toshkent shahri ( 5 947 ta), Qashqadaryo (1 615 ta) va Samarqand viloyatlari (1 548 ta) bo‘lgan.
Murojaatlarda keltirilgan masala turlari:
- soliqlarga oid tushuntirish berish — 9 361 ta;
- soliqlardan ozod qilish va imtiyozlar berish — 443 ta;
- tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari — 90 ta;
- tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar — 8 ta;
- boshqa masalalar — 8 776 ta.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 16 mingdan ortig‘i hal etilgan. 102 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 86 tasi o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmagan, 22 tasi anonim bo‘lgani uchun ko‘rmasdan qoldirilgan. Shuningdek, 2 mingdan ortiq murojaat muddatida ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)