O‘zbekistonda 2—3-avgust kunlari havo harorati 32-35 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zidromet” prognozlariga ko‘ra, avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 1-avgust, juma kuni kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati dam olish kunlari 32-35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 38 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1-2 darajaga pastdir.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
1-avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kechasi 20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)