Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bishkekda “Ayol — dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider” xalqaro forumida qatnashdi.

Uning taʼkidlashicha, forumda oilada, ishda, jamiyatda, umuman, o‘z atrofidagi hayotni o‘zgartirayotgan, qatʼiyatli va kuchli ayollar jamlangan.

“Bishkek shahrida o‘tgan “Ayol — dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider” xalqaro forumi oilada, ishda, jamiyatda, umuman, o‘z atrofidagi hayotni o‘zgartirayotgan, qatʼiyatli va kuchli ayollarni jamladi.
Bizga eng keraklisi — teng imkoniyat, davlat va jamiyat g‘oyalarimizni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch.
Va buni O‘zbekiston va Qirg‘izistondan qatnashgan, mamlakatlarimiz taraqqiyoti, o‘z huquq hamda imkoniyatlari uchun shijoat bilan kurashishni ifoda etgan spikerlar yana bir karra isbotladilar.
Muffaqiyatli, aqlli, tafakkurli va professional, davlatlarimiz yorug‘ kelajagini aniq ko‘ra oladigan bu ayollar orzu sari qanday intilish kerakligi va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik zarurligini ko‘rsata oldilar.
Biz albatta birlashishimiz shart”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Saida Mirziyoyeva 20-avgust kuni Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)