• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Farg‘ona

    Farg‘onada bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor jazolandi

    Farg‘onada bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor 4 yil ozodlikdan mahrum qilindi. “Daryo” sud hujjati bilan tanishdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Voqea 2024-yilning noyabrida yuz bergan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining 2025-yil 6-maydagi hukmiga ko‘ra, shifokor A.M. Jinoyat kodeksining 116-moddasining 3-qismi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topilgan. U 3 yil Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida rahbarlik va shifokorlik vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Shifokor apellyatsiya shikoyati berib, harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi, bemorning o‘limi uning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagani haqida vajlar keltirgan hamda sud hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan. Jabrlanuvchining qonuniy vakili esa shifokordan 28 mln 995 ming so‘m moddiy va 350 mln so‘m ma’naviy zarar undirishni so‘ragan. 16-iyulda apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan dastlabki sud hukmi o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

    Voqea tafsiloti

    Sudlangan shifokor A.M. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filialining xirurgiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. U 2024-yil 9-sentyabrdan 2024-yil 25-oktyabrgacha o‘z hisobidan ta’tilda bo‘lgan. Bu vaqtda bo‘lim mudiri vazifasini vaqtincha bajarish D.R. zimmasiga yuklatilgan.

    Bemor ayol 18-oktyabrda farzandlari tomonidan olib kelingan. Unga “qandli diabet ikkinchi turi og‘ir shakli, dekompensatsiya bosqichi, DTS neyroishemik shakli, Vanger-4, chap oyoq boldir sohasida amputatsiyadan keyingi holat tizza bo‘g‘imi maydalanib sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

    A.M. shu kuni bo‘limning vaqtincha mudirini go‘yoki tajribasiz sifatida ko‘rsatgan holda bemorni davolash hamda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish ishlaridan o‘zboshimchalik bilan chetlatgan. So‘ngra bemorning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, biror-bir tibbiy ko‘rsatma bo‘lmagani holda uning “chap oyoq son sohasini amputatsiya qilish” rejasini ishlab chiqqan. Bu rejani tibbiy hujjatlar tarixiga bo‘limning vaqtinchalik mudiri nomidan rasmiylashtirgan.

    Ammo 19-oktyabrda bo‘lib o‘tgan jarrohlik amaliyoti paytida bemorning biron-bir kasallik asorati bo‘lmagan o‘ng oyog‘i son sohasidan kesib tashlangan. Shifokorlar keyinchalik ayolning chap son sohasini ham ko‘r-ko‘rona amputatsiya qilgan. Jarrohlik amaliyoti A.M. o‘zboshimchalik bilan tanlangan tibbiyot xodimlari va tibbiy sohada mutaxassislikka ega bo‘lmagan talaba ishtirokida o‘tkazilgan.

    Bemor ayol bir vaqtning o‘zida ikki og‘ir turdagi jarrohlik amaliyotini ko‘tara olmasdan, olgan tan jarohatlari asoratlari oqibatida 2024-yil 7-noyabrda vafot etgan.

    Jinoyat kodeksiga ko‘ra, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga olib kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    23 iyul, 14:40   Izoh (0)   4665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #jarrohlik#shifokor#amputatsiya#sud hukmi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.