Fransiyaning “Lans” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi, 20 yoshli Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayotgan APL klublari safi yana bittaga ko‘paydi.
Hozirda ishi yurishmayotgan va ketma ket mag‘lubiyatga uchrayotgan Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisi transferiga qiziqish bildirmoqda.
Parij nashri L’Equipe xabariga ko‘ra, “Lans” Husanovni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishga tayyor. Faqat 30 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqadi. Joriy mavsumda Husanov barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning “Lans” bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
APLning “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Vest Hem” va “Lester” klublari futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, “PSJ” va Madridning “Atletiko” klublari ham himoyachi xizmatlaridan foydalanish niyatida.
Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 12 million yevroga baholagan.
Avvalroq Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilgandi.
Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasining ham asosiy tarkibidan muqim joy egalladi. u hozirgacha 18 uchrashuvda milliy jamoa sharafini himoya qildi.
Izoh (1)
Man city da oynash nasib qilsin