• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi

    Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, investitsiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident matbuot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi barcha yetakchi sohalar bo‘yicha Qashqadaryoning salohiyati yuqori. Yil boshidan buyon viloyatda 2 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. 565 ming nafar aholining bandligi ta’minlanib, 90 ming odam kambag‘allikdan chiqarilgan. Yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot 6 foizdan ziyod o‘sishi, eksport 555 million dollarga yetishi kutilmoqda.

    Viloyat salohiyati to‘la ishga solinsa, natijalar bundan ancha ko‘p bo‘ladi. Yig‘ilishda shu boradagi qo‘shimcha imkoniyatlar, yangi loyihalar ko‘rib chiqildi.

    Avvalo, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ustuvor bo‘ladi. Keyingi yildan Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Bu borada xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantirilgan.

    Misol uchun, G‘uzor, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida 300 gektarda zamonaviy bog‘ barpo etiladi. Unda yiliga qo‘shimcha 4 ming tonna meva yetishtirilib, 600 ta ish o‘rni yaratiladi. Ko‘kdala, Chiroqchi, Shahrisabz, Koson va Nishon tumanlari hududida qovun va organik sabzavotlar yetishtirish kengaytiriladi. Tarvuz konsentrati tayyorlash, shok usulida muzlatish va sublimatsion quritish yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto:

    Viloyatda chorvachilikni rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi. Mintaqa va Yevropa davlatlaridan 62 ming bosh qo‘y, qariyb 10 ming bosh qoramol olib kelinib, aholi va chorvachilik xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida boqiladi. Qarshi va Qamashida 1 ming boshli chorvachilik klasteri, 1 million boshli parrandachilik fabrikasi tashkil etiladi.

    Paxtachilikda tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish maqsadida 233 million dollarlik 5 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushiriladi. Natijada mato ishlab chiqarish quvvati 51 foizga ko‘tariladi.

    Shahrisabzdagi Miraki va Qamashidagi Maydanak qishloqlari, Mirishkor tumanidagi “Achinko‘l” va “Sechanko‘l” atrofida turizm jadal rivojlanmoqda. Shu kabi maskanlarga 300 million dollar investitsiya kiritib, 200 dan ziyod mehmon uylari va mingta savdo shoxobchasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda 5 ming kishi ishli bo‘ladi.

    Tadbirkorlar viloyatdagi 147 ta noruda qazilma konlari negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taklif qilayapti. Bunga 209 million dollar investitsiya kiritiladi, konlar bosqichma-bosqich auksionga chiqariladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident farmoniga muvofiq, shu yil 1-noyabrdan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlandi. Qashqadaryodagi 6 ta yirik korxona bu xayrli ishga hissa qo‘shib, keyingi yil 10 mingdan ortiq fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish tashabbusini bildirgan. Bundan tashqari, banklar ishtirokida 86 ta drayver loyihani va 33 mingta mikroloyihani ishga tushirib, yana 70 ming insonni daromadli qilish ko‘zda tutilgan. Bular orqali viloyatda kambag‘allik darajasi hozirgi 8,6 foizdan 6,5 foizga pasayadi.

    Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi shu kabi rejalarni taqdimot qildi. Jumladan, kelgusi yilda 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, 300 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

    Davlat rahbari bugungi ko‘rsatkichlar viloyat imkoniyatlariga mos emasligini ta’kidlab, natijadorlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashabbuskorlar bilan ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yana 300 million dollarlik loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Shavkat Mirziyoyev bundan avval Namangan va Farg‘ona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, tegishli ko‘rsatmalar bergandi. 

    O‘zbekistonda 2030-yilga borib, yalpi ichki mahsulot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

    04.12.2024, 15:43   Izoh (0)   21577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident huzuridagi yig‘ilishda 2025-yilgi davlat byudjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi

    17.10.2024, 18:04

    “O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir” — Serbiya sobiq prezidenti 

    24.10.2024, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida bo‘ladi

    31.10.2024, 11:40

    “El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    01.11.2024, 11:30

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    01.11.2024, 20:01

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    Shavkat Mirziyoyev YTTB va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    12.11.2024, 20:44

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning COP29 dagi Milliy pavilyoni bilan tanishdi

    13.11.2024, 17:27

    “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berilishi, O‘zbekiston hududlarida yog‘gan qor, birjada boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatilgan Ai-...

    13.11.2024, 22:50

    Prezident Andijonda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi

    18.11.2024, 21:33

    O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 2060-yilgacha 400 mlrd dollar ajratishi kerak bo‘ladi

    19.11.2024, 00:40

    Inqiroz yaqin: O‘zbekistonda suv narxi benzindan qimmat bo‘ladimi?

    19.11.2024, 18:08

    Bulung‘urda meva-sabzavot, to‘rtta tumanda uzum yetishtirish: prezident Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi 

    20.11.2024, 22:25

    Boysun va Uzunda kavrak, Muzrabotda sholi yetishtirish: prezident Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    22.11.2024, 21:09

    Prezident ish to‘g‘ri tashkil qilinmagani uchun meva-sabzavot eksporti hajmida katta o‘zgarish sezilmayotganini aytdi

    28.11.2024, 17:36

    “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi

    28.11.2024, 18:03

    Banklar balansidagi issiqxona va muzlatkichli omborlar tadbirkorlarga uch yilga berilishi mumkin

    28.11.2024, 18:44

    O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

    29.11.2024, 16:45

    Buxoroda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

    29.11.2024, 17:44

    Plastik kartalar sonini cheklash, Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan sud hukmi, Kanizani haqorat qilib, jarimaga tortilganlar: 29-noyabrning eng muhim xabarlari

    29.11.2024, 23:35

    Buxorodagi uchta tuman va bitta shaharda hokim o‘zgardi

    30.11.2024, 18:25

    Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    30.11.2024, 20:30

    Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    02.12.2024, 09:25

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi

    02.12.2024, 12:05

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

    02.12.2024, 15:02

    Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo O‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

    02.12.2024, 15:32

    O‘zbekistonda 2025-yili tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

    02.12.2024, 22:30

    Farg‘onaga 2025-yili 3,7 mlrd dollar investitsiya olib kelish rejalashtirilmoqda

    03.12.2024, 18:33
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bitkoin narxi rekord darajada oshdi

    Dunyo | 22 may, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23-may kuni yomg‘ir yog‘adi

    O‘zbekiston | 22 may, 12:32

    Lukas Vaskesga arab mamlakatlaridan jozibali taklif bor

    Sport | 22 may, 12:30

    Rossiya dronlarga qarshi kurashda modernizatsiya qilingan Ikkinchi jahon urushi samolyotlaridan foydalanmoqda

    Dunyo | 22 may, 12:10

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 22 may, 12:00

    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

    Reklama | 22 may, 10:30

    Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1-iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi

    O‘zbekiston | 22 may, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.