• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “Zagulba” qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston—Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston yetakchisi bu galgi davlat tashrifi va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tayotganini alohida taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Prezidentlar ko‘p qirrali hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi. Kecha Xiva shahrida birinchi Parlamentlararo forum bo‘lib o‘tdi. Bokuda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar forumi samarali o‘tdi. Yaqinda Andijonda ilk bor rektorlar forumi tashkil etilib, 60 dan ortiq shartnoma imzolandi. Ozarbayjonning “Shirvon” ansambli Xiva baxshichilik festivali gran-prisini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiy kooperatsiya yilida tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetgan. 300 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Tashrif davomida Boku shahrida “O‘zbekiston” bog‘i qurilishiga start beriladi va O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar va hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

    Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Sanoat, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm, bank va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan alohida Kooperatsiya dasturi qabul qilinayotgani taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi qayd etildi. Tadbirkorlar kengashi hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumi kabi hamkorlikning yangi formatlari qo‘llab-quvvatlandi.

    Transport-kommunikatsiya sohasidagi sheriklikka alohida eʼtibor qaratildi. O‘rta yo‘lakni rivojlantirishda ishtirok etish loyihalari muhokama qilindi.

    Ushbu yo‘lak orqali tashilayotgan O‘zbekiston yuklari hajmi 25 foizga — 1 million tonnadan ziyodga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, joriy yil mart oyidan boshlab yuk tashishda elektron ruxsatnomalarga o‘tish taʼminlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani tayyorlashni jadallashtirishga kelishib olindi.

    Diplomatik munosabatlar yubileyini munosib nishonlash maqsadida tomonlar joriy yilning kuzida qator qo‘shma madaniy va yoshlar tadbirlarini o‘tkazishga kelishib oldi.

    Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

    Majlisda Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

    Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

    2 iyul, 17:30   Izoh (0)   2157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Ozarbayjon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi

    7 aprel, 14:18

    Shavkat Mirziyoyev Belarus Milliy Majlisi respublika kengashi raisini qabul qildi

    7 aprel, 15:08

    Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Buyuk millat majlisi raisi uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi

    7 aprel, 16:30

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiya rahbarlarini qabul qildi

    7 aprel, 16:21

    Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq bosh kotibini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi 

    7 aprel, 20:05

    Parlamentlararo ittifoq assambleyasi yalpi majlisida nutq so‘zlagan prezident, Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan Zaynilobiddin Nizomiddinov, viloyatlarda eʼlo...

    7 aprel, 23:00

    Tojikiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

    14 aprel, 16:55

    O‘zbekiston—Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

    20 may, 11:27

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    20 may, 23:00

    Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

    21 may, 16:17

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi

    10 iyun, 19:11

    Prezidentlar ko‘z o‘ngidagi g‘alaba: Mirziyoyevga futbolda kimlar hamrohlik qildi?

    11 iyun, 10:46

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)

    30 iyun, 15:56

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    30 iyun, 12:57

    O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

    30 iyun, 13:51

    “Bu ishlar ‘kampaniyabozlik’ bo‘lmasligi zarur” — prezident yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish haqida

    30 iyun, 14:22

    O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlangani e’lon qilindi

    30 iyun, 14:16

    Shavkat Mirziyoyev yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi (foto)

    30 iyun, 16:59

    BMT qarorgohida Mahalla forumi: O‘zbekistonning tajribalari global maydonda eʼtirof etildi

    30 iyun, 20:05

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    30 iyun, 23:00

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi 

    1 iyul, 16:54

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    1 iyul, 19:55

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    1 iyul, 19:59

    Sport bo‘yicha nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi

    1 iyul, 20:26

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    1 iyul, 23:00

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    2 iyul, 11:27

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

    2 iyul, 14:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp 1-avgustdan AQSHning 10-70 foizlik import bojlari joriy etilishini e’lon qildi

    Dunyo | 4 iyul, 20:45

    Andijonda erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:35

    Rimda zapravkada yuz bergan portlash va yong‘in 40 kishi jabrlandi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:26

    Farg‘onada Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan 5 nafar xodim jazolandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:15

    Chexiyaning bir qator shaharlarida yirik blekaut yuz berdi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:05

    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

    Reklama | 4 iyul, 18:00

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    Dunyo | 4 iyul, 19:55

    Karl Lagerfeldning Parijdagi villasi auksionda 5 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 4 iyul, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.