Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi. Bu haqda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” xabar berdi.
![](/static/2024/08/24/sq-2h0U-ZRc.jpeg)
Unga ko‘ra, suv ta’minot korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib foydalangani uchun Yangiyo‘l tumanida faoliyat yurituvchi “HTB-AS invest” MCHJ korxonasiga 294 511 319 so‘m hisob-kitob qilingan.
Ushbu xatti-harakat uchun “HTB-AS invest” MCHJ rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatda ozodlikdan mahrum qilindi.
Shuningdek, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobar miqdorida, ya’ni 45 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Izoh (0)