Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yuborishi, Shavkat Umurzoqovning do‘konda o‘tkazgan “reyd” muhokamalarga sabab bo‘lishi, Toshkentda besh kishi bir bolani “samosud” qilishi — “Daryo” nashri bugun, 8-iyulda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Elektr energiyasi to‘lovlari bilan bog‘liq nosozlik to‘liq bartaraf etildi — “Hududiy elektr tarmoqlari”
Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni istalgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mln kishidan oshdi
Pensiya oluvchilar soni eng ko‘p Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent viloyatida 157 km tezlikda harakatlangan ayolga chora ko‘rildi
Holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Jizzaxda reyd tadbirlarida “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklandi
Ayni paytda xodimlar shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirgan “MAXAM-Chirchiq”qa nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshirilgan.
“Shahar ichida 100 tezlikda yuradigan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi shart” — deputat
Deputat bu orqali avtohalokatlar soni kamayishiga erishishga umid bildirgan.
Navoiyda 8 yoshli qizcha halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki haydovchi qamoqqa olindi
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati voqea tafsilotlarini e’lon qildi.
O‘zbekistonda “Ekologik stiker” berish muddati 2025-yil 1-martga uzaytirildi
RFID chip o‘rnatilgan “qizil”, “sariq” yoki “yashil” stikerlarni berish 2024-yil 1-iyundan boshlanishi kerak edi.
O‘zbekistonda “Mening bog‘im” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
Loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Toshkentda besh kishi bir bolani “samosud” qilib, mashinada ortib ketgani yuzasidan izoh berildi
Ular qarz masalasida og‘zaki janjallashgan.
“Hokim kolxoz rahbari emas” — Shavkat Umurzoqov do‘konda o‘tkazgan “reyd” muhokamalarga sabab bo‘ldi
Poytaxt hokimi do‘konlardan birida aynigan mevalar sotilayotganini ko‘rib, tadbirkor va ishchi guruhga tanbeh berdi. Holat jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi
Holat tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga to‘lab berilgan ish haqi qanchaligi ochiqlandi
2024-yil iyun oyining II yarmidagi to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Andijonda qoramollarda uchrayotgan yangi kasallik turi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirildi
Tarmoqlarda Andijondagi qoramol va chorva bozorlari ham tozalov uchun yopilgani aytilgan.
Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi.
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga qabul qilinishi maʼlum bo‘ldi
Ayni vaqtda respublikada 10 182 ta umumtaʼlim maktablari mavjud.
Bolalar ombudsmani Navoiyda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi yuzasidan izoh berdi
Ish yuzasidan bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda.
Izoh (0)