DreamWorks hozirda tomoshabinlar ongida “Shrek” yoki “Ajdar o‘rgatuvchilar” kabi shedevrlar bilan bog‘lanadi. Biroq ko‘pchilik studiyaning boshqa ajoyib asarlari ham mavjudligini unutib qo‘ygan.
“Chumoli Antz”
Antz ismli chumoli ishchi bo‘lib dunyoga kelgan va kunlarini qurilishlarda o‘tkazadi. Biroq tasodifiy uchrashuv yigitning odatiy turmush tarzini ostin-ustin qilib yuboradi. Antz malika Bala bilan uchrashadi va unga oshiq bo‘lib qoladi. Malika bilan yana bir bor uchrashish istagida qahramon askar chumoli do‘sti Viver bilan o‘rin almashishga rozi bo‘ladi. Bu multfilm studiyaning ilk ishi bo‘lmasa-da, 3D-grafika yordamida yaratilgan birinchi multfilm bo‘lgan.
“Eldoradoga yo‘l”
Tulio va Megel ismli ikki do‘st, yaxshi hayot haqida orzu qiluvchi mayda firibgar-tovlamachi. Navbatdagi qimor o‘yinida ular Eldorado deb atalgan oltin shaharga olib boruvchi xaritani qo‘lga kiritishadi. Biroq ularning firibgarligi fosh bo‘lib, aldangan dengizchilar bu muttahamlardan o‘ch olmoqchi bo‘lishadi. Xaritani og‘izlariga tishlab, oyoqlarini qo‘lga olib, yigitlar o‘ylab o‘tirmasdan kemaga qochib chiqishadi. U yerda ham turli muammolarga duch kelishsa-da, baribir orzu qilgan shaharlariga yetib borishadi. Ammo do‘stlar o‘rtasida vijdon va Chel ismli qiz tufayli ixtilof paydo bo‘ladi.
“Sindbod: yetti dengiz afsonasi”
“Dunyo kitobi” deb atalgan xazinani qo‘lga kiritishga intilayotgan Sindbod o‘zining Protey ismli do‘stiga duch keladi. Xazinani hatto do‘stiga ham berishni istamasligi dengiz maxluqining to‘satdan paydo bo‘lishi bilan uziladi. Ammo bu bahaybat maxluqni tartibsizlik ma’budasi Erida yuborgan bo‘lib, uning Sindbodga nisbatan o‘z rejalari bor. Aslida bu rejalar unchalik murakkab emas. Kitob evaziga Sindbod o‘z hayotini va qo‘shimcha imtiyozlarni qo‘lga kiritadi.
“Madagaskar”
Hayvonot bog‘ida hayot o‘z yo‘lida davom etayotgan bo‘lsa-da, zebra Martiga bunday hayot juda zerikarli tuyulardi. U erkinlikni qo‘msardi. Shu bois pingvinlarning ozodlikka chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, Marti ham qochishga ahd qiladi. Biroq yolg‘iz qochish Martining qo‘lidan kelmasdi, shuning uchun u do‘stlari — sher Aleks, begemot Gloriya va jirafa Melmanni bu ishga ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Afsuski, Marti pingvinlarning o‘z rejalari borligini hisobga olmay, xatosi tufayli do‘stlari bilan birga Madagaskarga tushib qoladi. Multfilm boshqa asarlarga ishoralar bilan to‘lib-toshgan. Masalan, pingvinlarning “bizni aldashdi” iborasi 1989-yildagi “Betmen” filmida Jek Nikolson ijro etgan Jokerning so‘zlariga ishora bo‘lishi mumkin.
“Megamiya”
Ikki sayyorani qora tuynuk yutib yuborayotganda, ikki oila o‘z farzandlarini qutqarish uchun bir xil qarorga keladi - bolalarini boshqa sayyoraga jo‘natish. Vaziyat bir xil ko‘ringani bilan bolalar taqdiri turlicha kechdi. Machomen badavlat oilaga tushib, odamlarda bo‘lmagan tug‘ma qobiliyatlarga ega bo‘ladi. U Supermenning sof analogi edi. Megamiya esa qamoqxonaga tushib qoladi va mahbuslar orasida o‘sib, turli ko‘nikmalarni takomillashtiradi. Vaziyat maktab yillarida keskinlashadi: Machomenni hamma maqtasa, Megamiya quvg‘indi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, Megamiya yovuzlik yo‘lini tanlaydi.
Izoh (0)