“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola biologik yoshi haqidagi savolga hazil aralash javob qaytardi. Bu haqda GQ nashri xabar berdi.

— Yaqinda Krishtianu Ronaldu o‘zining biologik yoshi 28 da ekanini aytdi. Siznikichi?
— Hozirda men 75 yoshdaman (kuladi). Tanam toliqib qolgan, hamma joyim og‘riyapti. Ehtimol, test topshirganimda yaxshiroq natija chiqishi mumkin. Umid qilamanki, biroz dam olganimdan so‘ng o‘zimni hozirgidan yaxshiroq his qila boshlayman.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” Angliya Premer Ligasida 3-o‘rinni egallagan. Klub Chempionlar Ligasi bahslarida “Real Madrid”ga imkoniyatni boy bergan, Angliya Kubogi finalida esa “Kristal Pelas”ga mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli ispaniyalik mutaxassis bungacha “Barselona” klubini boshqargan. U kataloniyaliklar bilan bir necha yirik sovrinlarni, jumladan UEFA Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik Germaniyaning “Bavariya” jamoasida ham faoliyat olib borgan bo‘lsa, 2016-yildan beri “Manchester Siti” jamoasini boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)