Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi yarim og‘ir vazn toifasidagi jangchi Bogdan Guskov reytingda o‘zidan yuqorida turgan rossiyalik raqibi Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yakunlandi.

Guskov jangni faol boshladi va raqibiga bir necha bor kuchli zarbalar yo‘lladi. Natijada hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat Nikita Krilov uchun ketma-ket ikkinchi, umumiy hisobda esa professional faoliyatidagi 11-mag‘lubiyat bo‘ldi.
Bogdan Guskov esa ushbu g‘alaba orqali UFC reytingida o‘z mavqeini yanada mustahkamladi. O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi ketma-ket to‘rtinchi jangini muddatidan avval yakunlab, o‘ziga xos natijani qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov UFC promousheni doirasida hozirgacha 5 ta jang o‘tkazib, shulardan 4 martasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 bahsda mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)