• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” — Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga keskin munosabat bildirdi

    Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Firuza Muhamedjonova o‘z sahifasida 27—29-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan pivo festivaliga keskin munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning ta’kidlashicha, pivo festivali birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Bu tadbirni o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda. O‘zbek jamiyatida ham spirtli ichimliklar festivallari ochiqchasiga, ommaviy shovqin va reklama bilan o‘tkazilyapti.

    “Maydon odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Ishtirokchilarning aksariyati yoshlar. rusiyzabon OAVda bu mavzu zo‘r yoritildi. O‘zbekzabon OAV, ziyolilar bilan birga jim. Toshkentning narigi tomonida esa Islom sivilizatsiya markazi qad rostlayapti. Pivo festivali birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Bu tadbirni o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda”, deydi u. 

    Partiya vakilining fikricha, spirtli ichimliklar ommaviy tarzda targ‘ib qilinayotgan bunday festivallarning oqibati haqida o‘ylab ko‘rilishi lozim.

    “Ba’zi doiralar bu kabi festivallarni turistlar uchun, shaharni ochiq va zamonaviy ko‘rsatish uchun, deb asoslashadi. Lekin savol tug‘iladi: oqibatini hisob-kitob qilmagan ochiqlik rivojlanishmi yoki o‘zlikdan voz kechishmi?

    Hech bir zamonaviy shahar o‘zligini toptab rivojlanmaydi. 1886-yilda Toshkentning yangi shahar tomonida xalqning tub aholisini izdan chiqarish uchun ataylab Piyon bozori mayxonalar ochilganidan xabarimiz bor. Chorizmni tushunsa bo‘ladi. Bugun-chi? Bugun bu tadbirni kim va nimaga qo‘llab-quvvatlamoqda?!

    O‘zbekiston Germaniya emaski, har yili shugina tadbirdan 1 milliard yevrodan ortiq daromad olsa. Yoshlarimizga atigi 5 ming so‘m evaziga spirtli ichimlikni taklif etishni esa oqlab bo‘lmaydi”.

    Feruza Muhamedjonova Toshkentda bunday tadbirlarning o‘tkazilishi nafaqat poytaxt, balki butun respublika uchun zararga ishlaydigan namuna ekanini ta’kidladi.

    “Toshkent — mamlakatning yuragi. Madaniyat, siyosat, turizm, media — hammasi mana shu yerda boshlanadi. Demak, bu yerda o‘tkazilgan har qanday tadbir butun mamlakat uchun namuna bo‘lmog‘i darkor. 

    Biroq bu ketishda bu kabi tadbirlar Buxoro, Samarqand va hatto Qo‘qongacha yetib borishi hech gapmas. Balki yetib borgandir ham. Pivo festivalini aynan Toshkentda o‘tkazish — bu shunchaki faollar yoki biznes tashabbusi emas, balki xalqning milliy an’analari va o‘zligiga tupurishdir.

    Bugun pivo, ertaga vino, keyin spirtli barlar, hech qanday madaniy cheklovsiz tadbirlar — shunday ketma-ketlikda jamiyatni sezdirmasdan o‘zgartirish mumkin. Albatta, kimning nima ichishi — uning shaxsiy tanlovi. Lekin bu tanlov jamoat joyida, butun jamiyat ko‘z o‘ngida targ‘ib etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”. 

    Ta’kidlanishicha, bugun bahs ochilgan masala bu faqat daraxt masalasi emas. 

    “Erkinlik tushunchasi madaniyatsizlik va hadsizlikka aralashib ketsa, bu jamiyatning o‘zligini yo‘qotishidan darak. Jamoatchilik bu kabi ommaviy targ‘ibotlarga qarshi fikr bildirishi kerak emasmidi?! Axir bugun ma’naviyat va yoshlar masalasida yetarli ishonish qiyin bo‘lgan muammolar bor.

    Mutaxassislarning fikricha O‘zbekistonda ayni kunda eng yosh giyohvandning yoshi 12 da. Demak, bugun bahs ochilgan masala bu faqat daraxt masalasi emas. Bu — insonning o‘z hayoti, kelajagiga bog‘liq masala. Agar bir yog‘och uchun jamiyat shunday faol qo‘zg‘alsa, demak, bu jamiyatdan katta umid kutish mumkin. Negaki musulmon odamning qalbiga Qiyomat qoyim bo‘layotganini ko‘rsang ham, qo‘lingda bir daraxt niholi bo‘lsa, uni ekib ulgur, degan o‘git muhrlangan. 

    Biroq bu borada ham ikki xil standart borga o‘xshaydi: daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat!

    Xulosam: Daraxtni qanday himoya qilsak, o‘zligimizga daxldor masalada ham shunday sobit bo‘laylik. Zero daraxtning bo‘shini baribir qurt yeydi. Alisher Qodirovning daraxtning himoyasiga birlashgandek suv, yer, energoresurslar, oziq-ovqat va vaqt, qolaversa, o‘zligimizning isrofiga qarshi ham birlasha olsak edi, degan fikrlariga qo‘shilaman”, deydi partiya vakili.

    • “Bu ketishda kelajak avlod daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa” — Alisher Qodirov daraxtlar kesilishi haqida
    21 iyul, 13:39   Izoh (0)   2714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #pivo#festivali#deputat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.