O‘zbekistonda qancha elektromobil ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan. Hududlar bo‘yicha elektromobillar soni:
- Toshkent shahri — 49 736 dona;
- Toshkent viloyati — 4 512 dona;
- Samarqand viloyati — 1 739 dona;
- Xorazm viloyati — 1 415 dona;
- Farg‘ona viloyati — 1 376 dona;
- Qashqadaryo viloyati — 1 338 dona;
- Buxoro viloyati — 1 133 dona;
- Navoiy viloyati — 901 dona;
- Andijon viloyati — 878 dona;
- Namangan viloyati — 700 dona;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 525 dona;
- Sirdaryo viloyati — 404 dona;
- Jizzax viloyati — 302 dona;
- Surxondaryo viloyati — 198 dona.
Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi.
Uning qayd etishicha, avtomobil sektori yaqin 3—5 yilda rivojlanishiga quyidagi uch asosiy tendensiya ta’sir qiladi:
- elektromobillar va gibrid avtomobillar (XEV) savdosining oshishi;
- yanada yuqori toifadagi (premium) modellarga o‘tish;
- SUV (yo‘l va yo‘ldan tashqari — off-road haydov uchun mo‘ljallangan) modellarga bo‘lgan barqaror xaridorlar talabi.
O‘zbekistonda elektromobillar istiqbollari

Kollino O‘zbekistonda elektromobillar va gibrid transport vositalari (XEV) joriy etilishiga ijobiy qarayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunga turtki beradigan uchta asosiy omil mavjud.
Xarajatlar — O‘zbekistonda hozirning o‘zida batareyali elektromobilga (BEV) egalik qilishning umumiy qiymati ichki yonuv dvigatelli avtomobillarnikidan past. Bunga arzon elektr narxlari va import bojlarining yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, bularning barchasiga hech qanday subsidiyasiz erishilgan.
Mos muhit — mo‘tadil iqlim va shaharlar orasidagi nisbatan qisqa masofa elektromobillar uchun qulay sharoit yaratadi.
Zaryadlash infratuzilmasi — bu juda muhim afzallik. O‘zbekiston aholisi 70 foizdan ortig‘i shaxsiy xonadonda yashaydi, bu esa tunda uyda zaryadlash imkonini beradi.
Ushbu omillar tufayli O‘zbekiston elektromobil ulushi tez sur’atda oshishi uchun strukturaviy jihatdan qulay hisoblanadi. Hozircha yangi avtomobillar sotuvidagi elektromobillar ulushi 10 foizdan kam bo‘lsa-da, sohada katta salohiyat borligini ko‘rsatadi. BCG bahosiga ko‘ra, yaqin yillarda iqtisodiy rag‘batlar va qulay sharoitlar tufayli elektromobillar ulushi 20—30 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.
Izoh (0)