O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta “inomarka” olib o‘tilib, noqonuniy sotib yuborilishi, Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlanishi, “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketilishi — “Daryo” nashri 3-iyulda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi
Bitimni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va avtoraqamni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi kerak.
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi
Telekanal musiqiy asarlardan mualliflik huquqini buzgan holda foydalangan.
O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega
Ikki yoki undan ortiq krediti borlar soni oshdi.
O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta “inomarka” olib o‘tilib, noqonuniy sotib yuborildi
Avtomobillarning har biri 100-200 dollar evaziga qo‘shni davlatga o‘tkazib berilgan.
Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi
Jinoiy guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi.
10 mln dollar talab qilingan: “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketildi
Uni kaltaklashgani, tahdid qilishgani, tovon puli qisman to‘langanidan keyingina qo‘yib yuborishgani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)
Prezident Bokuda Faxr xiyoboni va G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
Toshkentda tez yordam ko‘chada yurak xuruji bilan yotgan erkak olib ketmagani yuzasidan izoh berildi
U ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.
Xorazmda tergov sudyasi pora bilan qo‘lga tushdi
Sudyalar oliy kengashi uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi
Korxona prezidentlar tomonidan Bokuda bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim sammiti doirasidagi uchrashuvda ishga tushirilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi
Strategik muhim mintaqaviy loyiha — Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Surxondaryoda 71 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Nevarasi uni uyg‘otmoqchi bo‘lib kirganida, bosh qismida tan jarohatlari bilan o‘lik holda yotgani aniqlangan.
“Ular azaliy vatandoshlarimiz”: Xatirchi hokimi yahudiylarni kutib olgani aks etgan videoga izoh berildi (video)
Bu kabi tashriflar O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi ochiqligining yorqin dalili ekani taʼkidlangan.
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi (foto)
“Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga tashkilotga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.
Odam savdosida ayblanayotgan shaxs Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
U aprel oyida Ummonda hibsga olingan edi.
Izoh (0)