O‘zbekistonda ko‘chalar 700,2 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritilishi ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi ko‘chalar 700,2 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga yoki 15,8 mingtaga oshgan.
Ko‘chalari eng ko‘p yoritish uskunalari yordamida yoritiladigan hududlar:
- Toshkent shahri — 153,7 ming dona
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 66,6 ming dona
- Farg‘ona viloyati — 65,7 ming dona
- Namangan viloyati — 52,9 ming dona
- Andijon viloyati — 52,5 ming dona
- Samarqand viloyati — 51,3 ming dona
Prezident raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishda isrofgarchilikni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi xabar qilingandi.
Izoh (0)