AQSH harbiy-havo kuchlarining “Qiyomat kuni samolyoti” sifatida tanilgan Boeing E-4B Nightwatch borti Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida boshqa aviabazaga parvoz qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchoq Bojer Siti shahridan (Luiziana shtati) havoga ko‘tarilgan. U qirg‘oq bo‘ylab uchib, Virjiniya va Shimoliy Karolina chegarasi atrofida halqa yasagan. Shundan keyin esa Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga qo‘ngan.
Samolyot AQSH prezidenti va mamlakat oliy rahbariyati uchun yadroviy mojaro holatida havodagi qo‘mondonlik punkti hisoblanadi. U odatda Luiziana shtatidagi Barksdeyl harbiy bazasida joylashgan. Uchoqning havoga ko‘tarilishi va Endryus aviabazasiga yetib kelishining aniq sababi noma’lum. Bu Eron-Isroil mojarosining keskinlashuvi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)