“O‘zgidromet” hafta boshida, 12-14-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12-13 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 14-mayda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-mayda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 13-14-mayda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-mayda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 13-14-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 12-13 mayda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 14-mayda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 12-mayda 30-35 daraja, 13-14-mayda 32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12-13 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 14-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 12-mayda 22-27 daraja, 13-14-mayda 24-29 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)