Angliyaning “Nyukasl” jamoasi yarim himoyachi Sandro Tonali borasida rasmiy bayonot berdi.
Klub futbolchining diskvalifikatsiyasini tasdiqladi.
Avvalroq, Tonali totalizator bilan bog‘liq qoidalarni buzganligi uchun Italiya futbol federatsiyasi tomonidan 10 oyga diskvalifikatsiya qilgan edi.
Sandro Tonali 2024-yil 27-avgust sanasida maydonga qayta oladi. U Yevro—2024 ni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Tonali yozgi transferlar oynasida “Milan”dan “Nyukasl”ga o‘tgan edi. Yarim himoyachi ingliz klubi safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)