“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, aksiyadorlarning dividend olish huquqlarini mustahkamlash, xodimlarga aksiyalarni imtiyozli shartlarda sotib olish imkonini berish, aksiyadorlik jamiyatlarining veb-saytga ega bo‘lishi va axborotni ochiq tarzda eʼlon qilish tartibini yengillashtirish kabi qator muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vazifasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi zimmasiga yuklatildi.
Qonun kapital bozori, sug‘urta tizimi va elektron tijoratni rivojlantirish, shuningdek, ushbu sohalarda fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Izoh (0)