Moldova prezidenti Mayya Sanduga 2024-yilda berilgan eng qimmatbaho sovg‘a Qorabog‘lik ustalar tomonidan qo‘lda to‘qilgan gilam bo‘ldi. Bu haqda IPN agentligi xabar berdi.
Gilamning narxi 17 490 Moldova leyi yoki taxminan 932 dollar edi. Sovg‘a prezidentga Ozarbayjonning Moldovadagi elchisi Ulvi Vagif o‘g‘li Baxshaliyev tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimida berilgan.
Qimmatbaho sovg‘alar qatorida Janubiy Bessarabiya yepiskopi Veniamin tomonidan berilgan 9250 ley (taxminan 493 dollar) qiymatidagi ikona ham bor. Bundan tashqari, Sanduga ochilgan gulbarglardan iborat atirgul shaklida xira shishadan yasalgan suvenir ham sovg‘a qilindi. Bu buyum Fransiyaning Daum san’at buyumlari ishlab chiqarish fabrikasida qo‘lda tayyorlangan. Uni Sanduga Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna taqdim etgan.
Moldova rahbariga qilingan eng qimmatbaho sovg‘alar qatorida Germaniyaning Rombach & Haas ustaxonasida qo‘lda yasalgan, 5590 ley yoki taxminan 298 dollarli mayatnikli va kakushkali devor soati ham bor. Uni Sanduga Baden-Vyurtemberg federal yeri bosh vaziri Vinfrid Krechmann topshirgan.
Izoh (0)