Ispaniyaning Kastiliya-La-Mancha avtonom hududida yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Bu haqda Ispaniya OAV mintaqa favqulodda xizmatiga tayanib xabar berdi.
"Xavfli yuklarni olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Shu sababli ikki yo‘nalishda ham yo‘lni yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, xavfli yukning yo‘lga to‘kilib ketishi oqibatida GU-157 yo‘lida ham harakatlanishni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi", - deyiladi xabarda.
Xabarda xavfli yuk nimadan iborat ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Ispaniyaning janubi-sharqida kuchli yomg‘irdan so‘ng keng ko‘lamli suv toshqinlari yuzaga kelgani xabar berilgandi.
Sovuq havo oqimi “Dana” to‘fonini va kuchli yomg‘irlarni olib keldi, bu esa kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Oqibatda daryolar qirg‘oqlaridan toshib ketdi, bir qancha hududlarga jiddiy zarar yetdi.
Suv toshqinlari 100 ga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘ldi. Mamlakat hukumati tabiiy ofat qurbonlari xotirasi uchun 3 kunlik motam e’lon qildi.
Izoh (0)