Zamonaviy bozor sharoitida tadbirkorlar bir qator moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda: to‘lovlarning kechikishi, debitorlik qarzlarining yuqori darajasi va o‘sishni ta’minlash uchun tezkor moliyalashtirish zarurati va ularni hal qilishning eng samarali vositalaridan biri faktoringdir.
Faktoring - bu moliyaviy oqimlarini yaxshilashga, o’sish va rivojlanishga intilayotgan kompaniyalar uchun qulay vositadir.
Faktoringning afzalliklari
- Pul oqimining yaxshilanishi: Moliyalashtirishga tezda kirish kompaniyalarga joriy xarajatlarni qoplashga va rivojlanish uchun sarmoya kiritishga yordam beradi.
- Moliyaviy risklarni kamaytirish: Faktoring to'lovlar bilan bog'liq risklarni minimallashtirish imkonini beradi.
- Moslashuvchanlik va qulaylik: Kompaniyalar faktoringdan zaruratga qarab, uzoq muddatli majburiyatlarsiz foydalanishlari mumkin.
Nima uchu InfinBANKni tanlash kerak?
Bank biznes ehtiyojlariga moslashtirilgan faktoring shartlarini taklif qiladi. U shaffof tariflar, arizalarni tezkor ko‘rib chiqish va har bir mijozga shaxsiy yondashuvni taqdim etadi.
InfinBANK shartlari:
- Faktoring miqdori mijozning to'lov qobiliyatiga yoki debitorlik qarzlari miqdoriga qarab belgilanadi.
- To‘lov milliy yoki xorijiy valyutada bank o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi.
- Faktoring muddati - 90 kungacha.
Faktoring uchun zarur hujjatlar:
1. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to'lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish shartnomasi.
2. Moddiy boyliklar taqdim etilganligini, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishni tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-fakturalar, ishonchnomalar nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va h.k.).
3. To'lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati.
4. Buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot (2-shakl), to‘lovchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqish sanasi ko‘rsatgan holda oxirgi hisobot yili va joriy oyning 1-kunidagi taqsimoti.
Faktoring xizmatlarini ko’rsatishning majburiy shartlaridan biri to‘lovchida muddati o‘tgan kreditorlik qarzning yo’qligi hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)