Rossiya va Suriya terma jamoalari 19-noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib oldi.

“Biz Rossiya futbol ittifoqi bilan Suriya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha kelishib oldik. Bugun rasman ushbu uchrashuv 19-noyabr kuni Rossiyada bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qilishimiz mumkin.
Tanlash kerak bo‘lgan yagona narsa — bu o‘yinni o‘tkazish uchun stadion — biz Moskva, Sankt-Peterburg va Volgograd o‘rtasida tanlov qilamiz. Yaqin orada Rossiya tomoni va biz birgalikda o‘yinning aniq joyini kelishib olamiz”, dedi Suriya futbol assotsiatsiyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Emad Amiri.
Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 92 o‘rinda qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, oktyabr oyidagi FIFA tanaffus vaqtida Rossiya terma jamoasi raqib topa olmagani uchun o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmaydi. Avvalroq Tojikiston futbol federatsiyasi rossiyaliklar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rad etgani xabar berilgandi.
Sentyabr oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Rossiya va Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuv esa suv toshqini sabab bekor qilingandi.
Izoh (0)