“Roma”, “Yuventus” va “Barselona” klublarining sobiq futbolchisi Mirolim Pyanich Rossiyaning “SSKA” klubiga o‘tdi.
Moskva jamoasi 34 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi. Pyanich yangi jamoasi bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi. Mirolim 15-raqamni tanladi.
Avvalroq, Pyanich yiliga 1 million yevro va chempionlik, Rossiya Kubogidagi g‘alabadan 150 ming yevro bonus sifatida olishi aytilgandi.
Bosniyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Sharja” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mirolim Pyanich 1990-yilda tug‘ilgan. Faoliyatining katta qismini Italiya klublarida o‘tkazgan. 2011—2020-yillar davomida Pyanich “Roma” va “Yuventus” klubida o‘tkazgan. Shundan so‘ng “Barselona” klubida ikki yil davomida 19 uchrashuvda maydonga tushgan.
Izoh (0)