Sharqiy Bixar shtatida Jeevitputrika festivalini nishonlash chog‘ida kamida 43 kishi, jumladan, 37 bola suvga cho‘kib halok bo‘lgan va yana uch kishi bedarak yo‘qolgan.
Bu haqda Bihar tabiiy ofatlarga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lum qildi.
Bayram davomida shtatning turli qismlarida daryo va hovuzlarda muqaddas suvda cho'milish marosimlarida odamlar halok bo'ldi.
"Hozirgacha jami 43 kishining jasadi topildi. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda", - deyiladi boshqarma xabarida. Fojiali holatlar shtatning 15 ta tumanida qayd etilgan.
Jeevitputrika - Bihardagi eng katta bayramlardan biri bo'lib, unda ayollar o'z farzandlarining farovonligi uchun ro'za tutishadi va muqaddas suv havzalarida bolalarini cho‘miltirishadi.
Yoz oylarida Hindistonda jazirama issiq tufayli 110 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Poytaxt Dehlida 19-iyun kuni oxirgi 50 yil ichidagi eng issiq tun kuzatilgan. Minimal harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 35,2 darajadan pastga tushmagan.
Izoh (0)