Ozarbayjon va O‘zbekiston Afg‘onistonda sement zavodi qurish loyihasi ustida hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi Trend sayti.
Rejalashtirilgan sement zavodi yiliga bir million tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ikki davlat Afg‘onistonda mis va temir qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyiha ustida ham ishlamoqda, deb xabar berdi Trend sayti.
15-avgust kuni Ozarbayjon, Afg‘oniston va O‘zbekiston vakillarining uchrashuvi tashkil etildi. Unda biznesni rivojlantirish, investitsiyalar, transport va logistika sohasidagi hamkorlik, uglevodorod konlari va foydali qazilmalarni geologiya-qidiruv ishlari, shuningdek, sement ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish mexanizmi kabi turli masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, Yangi ipak yo‘lidan samarali foydalanish, temir yo‘l aloqasi, Afg‘onistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi faol ishtiroki muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar doimiy ishlaydigan uch tomonlama ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Izoh (0)