Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-tur o‘yinlari 19-sentyabr, payshanba kuni start oldi.
Turning ilk o‘yini “Neftchi” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Bilolxon Toshmirzayev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 21-daqiqada esa Javohir Qahramonov esa farg‘onaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Samandarjon Shukurullayev hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim 2:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa “Qizilqum” muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 70-daqiqada Elguja Lobjanidze penaltini aniq amalga oshirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Superliga
19-tur
19-sentyabr, payshanba
“Neftchi” – “Qizilqum” 2:2
Gollar: Bilolxon Toshmirzayev, 11 pen (1:0), Javohir Qahramonov, 21 (2:0), Samandarjon Shukurullayev, 27 (2:1), Elguja Lobjanidze, 70 pen (2:2).
“Neftchi”: 45.Akbar To‘raev (1.Botirali Ergashev, 72), 4.Boyan Siger, 8.Sardor Abduraimov (20.Anvarjon G‘ofurov, 72), 10.Shoxruz Norxonov, 11.Javohir Qahramonov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 24.G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 30.Quvondiq Ro‘ziyev, 70.Abbosjon G‘ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzayev, 99.Nsungusi Effiong.
“Qizilqum”: 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vaxobov, 6.Asror G‘ofurov, 10.Elguja Lobjanidze, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G‘iyosov, 18.Baxtiyorjon Qosimov (8.Giorgi Kuxianidze, 46), 22.Shaxzodbek Rahmatullayev, 23.Samandar Shukurullayev, 25.Azizbek Usmonov (2.Farrux Jo‘rayev, 46), 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.
Ogohlantirish: Samandar Shukurullayev (41).
Izoh (0)