Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra dollar 15,11 so‘mga pastlab, 12 724,84 so‘m bo‘ldi. Yevro 32,80 so‘mga ko‘tarilib, 14 223,83 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,03 so‘mga tushib, 137,11 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 739,95 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)